Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XONADONLARDA SANTARIYA-GIGENIK ORASTALIK
2023-12-14 09:40:54 531
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasi Oltiariq tumani bo’limi mutaxassislari tomonidan mahalla fuqarolar yig’inlarida “Mahallabay” ishlash tizimi orqali yuqumli kasalliklarni oldini olish, xonadonlarda sanitariya-gigiyenik jihatdan orastalikni ta'minlash bo’yicha uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Guliston MFYda ushbu hududda yashovchi mahalla faollari bilan ushbu maszuda davra suhbati o’tkazildi.
Tadbirda mahalla raisi va faollari, Xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.
Yuqumli va parazitar kasalliklar, it va boshqa hayvonlardan jarohatlanish, ovqatdan zaharlanish, shu jumladan botulizm, qizamiq, gripp, ORVI, brutsellyoz, qo’tir, sil kabi kasalliklar va ularning kelib chiqish sabablari, profilaktikasi bo’yicha ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, mahallada joylashgan xonadonlarda ichimlik suvi ta'minoti, kanalizatsiya tizimining holati, uy hayvonlari saqlanadigan joylarning holati, chiqindilarni tozalash, yig’ish va ko’mish ishlarining olib borilishi bo’yicha tushunchalar berildi.
Suhbat davomida mutaxassislar mahalla faollariga yuqorida qayd etilgan holatlar, ularning kelib chiqish sabablari, mazkur kasalliklarga xos klinik belgilar, davolash usullari va amalga oshirilishi lozim bo’lgan profilaktik tadbirlar bo’yicha tushuntirish berdilar va targ’ibot materiallari tarqatildi.
Uchrashuv davomida aholi o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Oltiariq tumani SEO va JSB OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo’limi mudiri D.Muqimov.