Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MTT LARDA SANITARIYA ME'YORLARI MAVZUSIDA SEMINAR
2023-12-14 09:34:51 294
Oltiariq tumanida "Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishni tashkil etishning sanitariya qoida va me'yorlari" mavzusida seminar o’tkazildi.
Unda maktabgacha talim tashkiloti rahbarlari, hamshiralar, oshpazlar va xo’jalik mudirlari qatnashdilar.
Ishtirokchilarga oziq-ovqat mahsulotlarini tegishli hujjatlar asosida, qadoqlangan va ishlab chiqarilgan sanasi bo’lgan hamda sifatli holatda qabul qilish, mahsulotlarni sifatli saqlash, ovqat tayyorlash jarayonida sanitariya talablariga rioya etish, taomnoma tuzish, 10 kunda bir marta tahlil qilib borish, shuningdek, ovqatdan zaharlanish va botulizm kasalligi profipaktikasi bo’yicha tushunchalar berildi.
Seminardan ko’zlangan maqsad tarbiyalanuvchi yosh avlodni yoshiga va fiziologik rivojlanishiga mos ovqatlanishini ta'minlash.
Oltiariq tumani SEO va JSB OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo’limi mudiri D.Muqimov.