Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QADRLI QISHLOQ XO’JALIGI XODIMLARI, FERMERLAR VA MIRISHKOR DEHQONLAR!

×

 2023-12-10 12:59:09    610

PDF yuklash
Chop etish


Bugun, butun mamlakatimiz bo’ylab – “Qishloq xo’jaligi xodimlari kuni” bayrami keng nishonlanmoqda.

Albatta, bu bayramning yil yakunida nishonlanishida hikmat bor. Qishloq xo’jaligidagi ishlar, dehqonlarimizning mashaqqatli mehnati natijasi dasturxonimiz to’kinligi va xayotimiz farovonligida namoyon bo’ladi.

Asosiysi, dehqonchilik serhosil va barakali bo’lgan yilda odamlarning ham kayfiyati yuqori bo’ladi.

Ayniqsa, bu yil sohada nixoyatda barakali bo’ldi. Erta bahordan oltiariqlik dehqonlarimiz ipak qurti parvarishida yuqori natijalarga erishib, shartnoma rejalarini 100 foizdan orttirdilar. 150 tonnaga yaqin sifatli pilla yetishtirildi. Navoiy, Polason va Jo’rak MMTP hududlari bu borada peshqadamlik qildilar.

         Rizq-ro’zimiz bo’lgan g’alla yetishtirish borasida ham tumanimiz fermerlari rejadagi 13 700 tonna o’rniga 15 300 tonnadan orttirib, sifatli bug’doy topshirib, rejani 112 foizga yetkazishga erishdilar.

Bundan tashqari fermerlarimiz omborlari va dala mehnatkashlarining xonadonlari ham bug’doyga to’ldi.

           Muhim sanoat homashyosi hisoblangan, paxta yetishtirish bo’yicha ham Oltiariqlik dehqonlar yana Respublikamizda ilg’orlar safida, mo’l hosil yetishtirishga erishdilar. Mavjud 194 ta paxtachilik fermer xo’jaliklari tomonidan rejadagi 22 300 tonna o’rniga 23 ming tonnaga yaqin paxta yetishtirib, shartnoma rejasini 103 foizdan orttirib bajardilar. Aksariyat fermerlarimiz hosildorlikni 45-50 tsentnerga yetkazib, paxtachilikda ham yuksak natijalarga erishdilar.

       Oltiariq xalqi azaldan dehqonchilikda o’ziga xos tajribaga ega hisoblanadi. Qishloq xo’jaligining boshqa sohalari qatori chorvachilik, parrandachilik hamda bog’dorchilik va sabzavotchilik borasida ham tumanimiz dehqonlari qo’lga kiritayotgan yutuqlar tahsinga loyiqdir.

        Ayniqsa, aholi tamorqalaridagi tajriba va dehqonchilik madaniyati bu yil yanada o’z samarasini berdi.

Oltiariqning brendiga aylangan-uzumchilik sohasi har qachongidan barakali bo’ldi.

      Muxtaram yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oltiariq dehqonlariga bo’lgan alohida e'tibori hamda yil boshida tumanimizga tashriflari chog’ida bildirilgan ishonch albatta o’zini oqladi, deb o’ylayman.

         Bugungi kunda Oltiariq tajribasi butun mamlakatimiz bo’ylab ommalashtirilayotgani tumanimiz dehqonlarining mehnatiga munosib baho bo’lgani shubhasiz.

Qolaversa, eksport sohasida yetarli tajribaga ega bo’lgan Oltiariqlik tadbirkorlar yurtimizda yetishtirilgan qishloq xo’jaligi maxsulotlari va uzumni dunyoning deyarli barcha yirik bozorlariga olib borib, Oltiariq dovrug’ini yanada yuqori ko’tarilishiga hissa qo’shmoqdalar.

Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga munosib hissa qo’shayotgan Oltiariq dehqonlari yetishtirgan poliz va sabzavot mahsulotlarining sifat va salmog’i ham yuqori bo’lmoqda.

         Bugungi kunda oltiariqlik har bir xonadon va har bir fuqaro dehqonchilikdan baraka topib, ko’rkam va hashamatli uylar qurmoqda, to’y-tantanalar qilmoqda.

Yurtboshimiz tashabbusi bilan yaratilgan keng imkoniyatlardan foydalanayotgan fuqarolarimiz Haj va Umra ziyoratlariga oila a'zolari hamda butun mahalla bilan birgalikda borayotganliklari Oltiariqqa fayzu-baraka kelayotganini anglatadi.

    Aholining kayfiyati, nuroniylarimizning duolari bilan qilayotgan ishlarimiz yanada unumli bo’lishiga tilakdoshmiz.

         Qadrli dehqonlar, fermerlar hamda qishloq ho’jaligi sohasi mehnatkashlari, Sizlarni bugungi bayram bilan chin dildan muborakbod etaman.

       O’zingizga mustahkam sog’lik, oilangizga saodat va qilayotgan ishlaringizda unum va baraka tilayman.

Yaqinlashayotgan yangi – 2024 yil ham yanada barakali bo’lsin.

El-yurt farovonligi va mamlakat taraqqiyoti yo’lida amalga oshirilayotgan ishlarimizda Yaratganning o’zi madadkor bo’lsin!

 Bayramingiz muborak bo’lsin!        

 Shamsiddin Turdaliyev

Oltiariq tumani hokimi.