Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TOMA-TOMA KO’L BO’LDI...

×

 2023-11-27 09:42:50    486

PDF yuklash
Chop etish


Tasavvur qilaylik, tomorqamizda yetishtirgan xosilimizni o’z qo’limiz bilan xaridorga topshirdik.

Puli esa - NASIYa! Oylar o’tib, yil kelsa ham haqqimizni ololmayyapmiz! 

Alam qiladi...

Bugungi kunda biz - oltiariqliklarni foydalangan elektr energiyasidan qarzimiz 24 milliard so’mga yetdi. 

Shuni 14 milliardi aholi xonadoni, 10 milliardi esa o’zimizning tadbirkorlarniki.

Tabiiy gazdan 5 milliard 900 million aholining qarzi bor.

Ichimlik suvidan ja'mi 2 milliard 600 million so’m.

Maishiy chiqindildardan esa 2 milliard 400 million so’m qarzdorlik yuzaga kelgan.

Toma-toma ko’l bo’lganidek, minglar yig’ilib - milliardlarga aylanmoqda!

Qish-qirovli kunlar boshlanmoqda. Kommunal soha idoralari va mutasaddilarning tashvishi esa aholini qishdan betalofat olib chiqish. 

Gaz, elektr, suv yetkazib beruvchi inshootlar xukumat topshirig’i bilan modernizatsiya qilinmoqda. Bu ishlar o’z navbatida pul talab qiladi. YEtkazib berilgan resurslar uchun to’lanishi kerak bo’lgan pullar esa NASIYada! 

Tuman aholisi va tadbirkorlik sub'ektlarining kommunal qarzdorligi salkam 35 milliard so’m!

Qarzini to’lamaganlarning gaz, elektr yoki suv ta'minoti noiloj tarmoqdan uzilmoqda. 

Qadrli hamyurtlar! Debitor qarzdorliklarni undirish uchun ko’chama-ko’cha sarson bo’layotgan kommunal idora va MFY xodimlariga yordam beraylik. Hech bo’lmasa, o’zimiz foydalangan ne'mat uchun haqqini vaqtida to’laylik!


Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmati.