Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZLIDEP - 20 YOSHDA!

×

 2023-11-15 20:42:31    927

PDF yuklash
Chop etish


"Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat'iy, tadbirkor va xushyor bir kishi ming – minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir".

Amir Temur.


Mamlakatimizda 2003 – yilda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi siyosiy maydonga kirib keldi.

O’tgan davr mobaynida partiya o’z safiga birlashgan a'zolari va xayrixohlari ishtirokida bir qator ishlarni amalga oshirdi.

Jumladan: Aholining tadbirkor, fermer, hunarmand, ishbilarmon qatilamni qo’llab-quvvatlab, ularning orzu-istaklarini ro’yobga chiqarishda, xuquqiy manfaatlarini himoya qilishda, qator qonun va qonun osti xujjatlarini ishlab chiqish hamda xayotga tadbiq qilishda partiya etakchi kuch sifatida o’zini ko’rsata oldi.

O’zLiDeP Oltiariq tuman Kengashi o’zining 60 ta boshlang’ich tashkilotida 4806 nafar partiya a'zolarini birlashtirdi.

Mamlakatimiz hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlar, xuquqiy, siyosiy, ijtimoiy sohalardagi islohotlarda partiya faollari va deputatlarimizning ishtiroki salmoqli bo’lmoqda.

Bugun O’zLiDeP ning tashkil topganiga 20 yil to’ldi. Bu sana partiyadoshlarimiz uchun ayniqsa, sharafli.

O’tgan davrda safdoshlarimiz tomonidan amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar sarhisob qilinganda bir qator fidoiy insonlarning nomlarini tilga olamiz.

Partiya a'zolaridan O’zbekiston Qahramoni (marhum) Lolaxon Murotova, faol va tashabbuskor rahbarlar X.Komilov, Sh.Turdaliyev A.Mamadaliyev, shijoatli yoshlarimizdan B.Rahmonaliyev, M. Baratov, I.Boymatov, tajribali kadrlarimiz va deputatlarimiz B.Elchiyev, M.Roziqov, D.Qodirova, K.Boymatov, T.Boymatov, M.Nazarova, O.Toshmatov, N.Turdiyeva, N.Mirzaolimov, O.Abdruhimov, Sh.Salimova, X.Abdullayev, Sh.Buzrukov, A.Hakimov, R.Nortojiyev, A.Isaqov, Q.Hoshimov, A.Ibragimov, Sh.Sohibov, Q.Otajonov, Z.Qambarova, D.Ahmedov, O.Eshmatov, S.Tojaliyev, R.Dehqonov, N.Mirzayev, O.Nurboyeva, F.Maxmudov, R.Erkaboyev, D.Karimov, N.Xudoberganov, D.Mirzayeva, Yo.Tojiyeva, M.Jo’rayevalar ijtimoiy xayotimizning barcha jabhalarida doim yetakchilik qilmoqdalar.

Ko’ppartiyaviylik sharoitida jamiyatimizda ro’y berayotgan barcha o’zgarishlar inson va uning manfaatlariga qaratilganligi, UzLiDeP bu borada hamisha peshqadam bo’lib kelayotgani bizning yuqorida nomlari e'tirof etilgan faollarimizning xizmatlarida o’z ifodasini topadi.

O’z safiga tashabbuskor va fidoiy insonlarni birlashtirgan ushbu partiyaning bundan keyingi faoliyati yanada samarali bo’lishiga ishonaman. O’ylaymanki, partiyamiz a'zolari va xayrixohlari yanada jipslashadi. Partiya o’zining jarangdor nomi, nufuzi bilan el o’rtasida obro’-e'tibor qozonaveradi.

Jonajon partiyamizning 20 yillik to’yi bilan barcha xalqimizni, partiyadoshlarimiz va xayrixohlarimizni Oltiariq tuman Kengashi nomidan samimiy qutlayman.

Vatan ravnaqi, xalq farovonligi yo’lida qilayotgan ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman.

 

Hamidjon Rahimov - O’zLiDeP Oltiariq tuman Kengashi raisi,    Farg’ona viloyati Kengashi deputati,

“El-yurt hurmati” ordeni sohibi.