Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“KEKSALAR UCHUN TURIZM OYLIGI” QIZG’IN DAVOM ETMOQDA

×

 2023-11-08 16:36:58    1192

PDF yuklash
Chop etish


Keksalarimizni e'zozlash, har tomonlama g’amxo’rlik ko’rsatish, ularning katta hayotiy tajribalaridan oqilona foydalangan holda, ijtimoiy faolligini yanada oshirish borasida bugungi kunda yurtimizda keng ko’lamli ishlar qilinmoqda.

Jumladan, joriy yilning 1-30 noyabr kunlari mamlakat bo’ylab tashkil etilayotgan “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida minglab nuroniylarimiz ishtirokida madaniy va sayohat tadbirlari tashkil etilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda yolg’iz yashovchi fuqarolar holidan doimiy xabar olinmoqda.

 Xususan, keksa avlod vakillarining 50 nafari ishtirokida 06.11.2023 yil kuni Andijon viloyatiga sayoxat uyushtirildi. Dastlab nuroniylarimiz sayoxatni “Bog’ishamol” istirohat bog’ida joylashgan shoir va shoh Zahiriddin Muhammad Boburning tarixiy muzeyida bo’lib, uning hayot yo’li, ijodi Bobur zamoni tarixiy voqealari va o’sha zamon madaniyati aks etgan eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Bog’da Bobur Mirzoning ramziy qabri va haykali, “Bobur va jahon madaniyati” muzeyi barpo etilgan. Bobur hayoti va merosini o’rganishga bag’ishlangan xalqaro ilmiy ekspeditsiya tomonidan olib kelingan noyob qo’lyozmalar, kitoblar va tarixiy ashyolar o’rin olgan muzey O’zbekistondagi diqqatga sazovor maskanlardan biriga aylangan.

Shundan so’ng nuroniylarimiz tarixda «Andijon qo’zg’oloni» nomini olgan xalq milliy ozodlik harakatining tashkilotchisi Muhammadali Eshon Sobir Xalfa o’g’li - Dukchi Eshon tarixi bilan tanishi maqsadida Andijon shaxrida saqlanib qolgan, axamyatga ega qalagan sayoxat uyushtirildi. Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson.

Taklif etilgan nuroniylarninig hayotdan roziligi, mamnunligi yuz-ko’zlarida aks etib turardi. Ular sayoxat bahonasida yana bir bor diydor ko’rishib, o’tgan kunlarini va do’stlarini xotirlashdi. Ular bugungi dorilomon kunlarga shukronalar aytishdi, muhtaram Prezidentimizga minnatdorlik bildirishdi. Turmushning ko’p sinovlarini boshidan o’tkazgan, mashaqqatlarni yengib o’tib, el-yurt e'tiborini qozongan bunday nuroniylarning umr yo’llari yoshlarimiz uchun ibrat maktabidir. Tumanimizdagi barcha nuroniylarimiz nafaqat noyabr oyida, shuningdek, yil davomida ham doimo e'tiborimizda bo’ladi.