Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OLTIARIQ TUMANIDA JINOYAT ISHLARI BO’YICHA TUMAN SUDI HAMDA IIB TOMONIDAN HUQUQIY TARG’IBOT TADBIRI BO’LIB O’TDI.
2023-10-24 17:21:30 801
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga bag’ishlangan targ’ibot tadbirida jinoyat ishlari bo’yicha Oltiariq tumani sudi raisi Ergashev Bahzod Xursanovich hamda tuman sudi sudyasi Xo’jamberdiyev Jamshid Abduxamidovichlar sud-huquq sohasidagi islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar haqida batafsil ma'lumot berdilar.
O’zbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentyabrdagi “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’RQ-869-sonli Qonuni hamda Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati tushuntirilib, amaliyotga joriy etilayotgan o’zgarishlar haqida ma'lumot berildi.
Xususan, yangi qonunga ko’ra endilikda sudlar tomonidan birinchi instantsiyada ko’rilgan ishlarni viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida qayta ko’rib chiqish vakolati berilayotgani, apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasining qarori ustidan shikoyat (protest) berish masalasida yangi institut – sud ishlarini taftish tartibida ko’rib chiqish amaliyoti joriy etilayotgani tushuntirib o’tildi.