Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADMINSTRATSIYASI HUZURIDAGI AOKA DIREKTORI HAMDA FARG’ONA VILOYAT HOKIMI TOMONIDAN TASDIQLANGAN REJA ASOSIDA OLTIARIQ TUMANIDA MEDIA TADBIR O’TKAZILDI.
2023-09-30 11:32:02 1070
"Oltiariq tumanidagi sanoat korxonalari faoliyati yuzasidan ochiq muloqot" mavzusida tuman hokimining o’rinboasari - Investitsiyalar, sanoat va savdo bo’limi boshlig’i Jahongir Yakubov hamda tegishli mutaxassislar bilan tuman "Davr ovozi"gazetasi, "OLTIARIQ UZ" hamda "OLTIARIQ MA'NAVIYATI " Telegram, Facebook va YouTube kanallari jurnalist-blogerlari ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Mutasaddilar tomonidan sanoat korxonalari faoliyati bo’yicha ma'lumotlar berildi.
Tumanda jami 491 ta sanoat korxonalari mavjud bo’lib, shundan, yirik korxonalar soni 2 tani tashkil etadi. O’tgan yetti oy davomida 41 ta yangi sanoat korxonalari ro’yhatdan o’tkazildi. 2023 yil uchun tumanda dastlabki hisob kitoblarga ko’ra 666,5 mlrd. so’mlik, 107,9 foiz sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
2023 yilning 8 oyida belgilangan eksport ko’rsatkichlari 3,2 mln. dollar, yoki 2022 yilning mos davriga nisbatan 104,2 foizni tashkil etdi.
Jumladan, sanoat mahsulotlari bo’yicha 3,2 mln. dollar eksport amalga oshirildi.
Sanoat mahsulotlari eksporti hajmini oshirish maqsadida eksportchi korxonalarga yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish bo’yicha barcha amaliy yordamlar ko’rsatib kelinmoqda.
Investitsiya dasturlari doirasida tumanda joriy yilda 523,7 mlrd. so’mlik 39 ta loyiha ishga tushirilishi va 979 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi belgilangan.
Yanvar - avgust oylarida dastur doirasida 121,3 mlrd. so’mlik 18 ta loyiha ishga tushirilib, 143 ta ish o’rinlari yaratildi. (Shundan, qiymati 10,3 mlrd. so’mlik 4 ta sanoat yo’nalishidagi loyihalar).
Sentyabr oyida 1 ta 25 mlrd. so’mlik yirik sanoat loyihalarini ishga tushishi hisobiga 40 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi.
Yirik sanoat korxonalari xisoblangan “Xamza Ekspo Art tekstil” X/K va “Oltiariq gaz to’ldirish” MChJ larning ulushi tuman ko’rsatkichining 53,1 foizni tashkil qiladi.
Mahalliy sanoat korxonalari bilan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va yangi turdagi sanoat mahsulotlarini o’zlashtirish (lokalizatsiya) bo’yicha:
Tumanda talab yuqori bo’lgan yangi turdagi mahsulotlarni o’zlashtirish hamda sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo’yicha joriy yilda 3 ta (umumiy qiymati 8,2 mlrd. so’m) kengaytirish loyihalarini ishga tushirilishi hamda mazkur loyihalarda yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi 4,2 mlrd. so’mga yetkazish rejalashtirilgan.
Joriy yil yanvar - avgust oylari davomida 3 ta ishga tushirilgan loyiha hisobiga 4,2 mlrd. so’mlik import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilib, prognoz ko’rsatkichlari (4,1 mlrd.so’m) rejaga nisbatan 102,4 foizga bajarildi.
Hozirda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish maqsadida, respublikadagi yirik tarmoq korxonalari ehtiyojlaridan kelib chiqib, mahalliy sanoat korxonalari tomonidan 3 turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish bo’yicha loyiha takliflari shakllantirildi.
Bundan tashqari importdan kirib kelayotgan mahsulotlarni mahalliylashtirishni nazarda tutuvchi 4 ta yangi loyiha takliflari shakllantirildi.
Mazkur loyihalarni amalga oshirish hisobiga qurilish uchun qo’lqoplar, transformatorlar, tibbiyot jixozlari va noto’qima mato kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish o’zlashtiriladi.
Shuningdek, tumanda faoliyat ko’rsatayotgan “Unimaks metal” MChJ tomonidan “Maxkamlovchi shurp, samorez hamda metalga ishlov berish”ni tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda. Jumladan, loyiha uchun tashabbuskorning 2 gektarlik yer maydonida qurilish ishlari olib borilmoqda. Loyihani ishga tushish muddati 2024 yil 2-chorakda amalga oshirilishi belgilab olingan. Ushbu loyiha amalga oshirilishi hisobiga 500 nafar ish o’rinlari yaratiladi.
Ochiq muloqot davomida jurnalist-blogerlarning qiziqtirgan saollariga mutasaddilar tomonidan javob berildi.