Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“O’ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI

×

 2023-09-28 17:56:15    400

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi “O’zbekiston – 2030” strategiyasi to’g’risida”gi PF-158-sonli farmoni qabul qilindi.

“O’zbekiston – 2030” strategiyasi quyidagi asosiy g’oyalar aks ettirilgan:

 barqaror iqtisodiy o’sish orqali daromadi o’rtachadan yuqori bo’lgan davlatlar qatoridan o’rin olish;

aholi talablariga va xalqaro standartlarga to’liq javob beradigan ta'lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;

aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;

xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;

mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta'minlash.

Strategiyada 5 ta yo’nalish bo’yicha 100 ta maqsad nazarda tutilgan. Har bir insonga o’z salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish, barqaror iqtisodiy o’sish orqali aholi farovonligini ta'minlash, suv resurslarini tejash va atrof muhitni muhofaza qilish, qonun ustuvorligini ta'minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish hamda mamlakatni xavfsiz va tinchliksevar davlatga aylantirish ishlarini davom ettirish asosiy yo’nalishlar sifatida belgilangan.

 Strategiya 4-yo’nalishning 2-bandi “Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimidagi islohotlar”ga bag’ishlangan bo’lib, unda bir qator ustuvor vazifalar belgilangan. Jumladan, 84-maqsad “Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta'minlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta'minlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish” deb nomlangan. Unda ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash amaliyotini 30 foizdan 20 foizga tushirish, sudlar hamda tergov organlari faoliyatida ayrim protsessual harakatlarni masofadan turib amalga oshirish imkoniyatlarini kamida 2 barobarga oshirish nazarda tutilgan. Bundan tashqari, davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o’rnatish hamda ma'muriy adliya tizimini yanada rivojlantirish, sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni ta'minlash kabi ustuvor vazifalar ham belgilanganki, bu maqsadlarning hayotga tadbiq etilishi aholida odil sudlovga bo’lgan ishonchning yanada oshishiga xizmat qiladi.

Sudlarga bevosita murojaat qilishga to’sqinlik qilayotgan omillarni to’liq bartaraf etish, sudga qadar bosqichda nizolarni hal qilish samaradorligini oshirish, ma'muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni ko’rib chiqish natijalari ustidan sudlarga yuborilayotgan shikoyatlarning elektron shaklda kelib tushishiga erishish, shuningdek, tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan ko’rilayotgan jinoyat ishlarida himoyachi yoki jamoat himoyachisi ishtirokini ta'minlashga erishish yurtimizda inson qadri tobora ulug’lanib, inson manfaatlari har narsadan ustun ekanligining bir isbotidir.

 

Ta'kidlash joizki, mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta'minlash masalasi bugungi kunda notinchlikdan tebranib turgan dunyo misolida hammamiz uchun muhimdir. Biz, albatta, barcha muvaffaqiyatlarimizning garovi bo’lgan mamlakat mustaqilligini himoya qilishni, uning xavfsizligini, tinchlik -osoyishtalikni ta'minlashni eng muhim va dolzarb masala, deb bilamiz. Bu maqsadlarning strategiyadan o’rin olishi ertangi farovon hayotimiz kafolatidir.

 

Farg’ona viloyat sudi sudyasi:                         U.Xo’jaqulov