Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HECH KIM SUDNING QARORISIZ VA QONUNGA ZID TARZDA UY-JOYIDAN MAHRUM ETILISHI MUMKIN EMAS.

×

 2023-09-25 17:54:17    350

PDF yuklash
Chop etish


Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko’rgan zararlarning o’rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta'minlanadi.

(O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 47-modda, 2-qismi)

 

Bizining halqimiz asrlar davomida o’troq hayot kechirib, o’zining uyiga, mo’jaz vataniga ega bo’lib uni qadrlab kelgan. Biroq o’tgan yillarda axoli o’rtasida yo’llarning qurilishi, shaxarlarning rekonstruktsiya qilinishi sababli uylarning ko’r-ko’rona buzilishi, oqibatida ko’plab fuqarolarning mulkiy zarar ko’rishi, zararni bartaraf qilish uchun sudlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga qatnab sarson bo’lish holatlari ko’paydi.

Xalqimizni qiynab kelayotgan ko’plab muammolar qatorida mazkur muammo ham, yangi tahrirda qabul qilingan konistitutsiyamizda o’zining yechimini topdi.

Amaldagi konstitutsiyamizning 47-moddasiga ko’ra, har kim uy-joyli bo’lish huquqiga ega.

Mazkur moddaning 2-qismi talabiga ko’ra, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas.

Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko’rgan zararlarning o’rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta'minlanadi deb ko’rsatib o’tilgan. Ushbu konstitutsiya normasiga ko’ra, endilikda buzilishi lozim bo’lgan uy-joyning qiymati mulkdorga oldindan to’lanishi lozimligi ko’rsatib o’tilmoqda. Faqatgina buning uchun nizoli turar joyga nisbatan uning egasida mulk huquqi bo’lishi talab etiladi.

O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 210-moddasiga ko’ra, belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkasida qurilayotgan yangi uy-joyga mulk huquqi davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.

Davlatga qarashli uy-joy (kvartira)ga mulk huquqi qonunchilikda nazarda tutilgan xususiylashtirish tartibida vujudga keladi.

Kooperativ uy-joyga, kvartiraga, garajga, chorboqqa va boshqa binolarga mulk huquqi kooperativ a'zosi pay badallarini batamom to’lab bo’lganidan keyin vujudga keladi.

Yuqoridagi qonun talabidan ko’rinadiki turar joyga nisbatan mulk huquqi tegishli tartibda xususiylashtirish yoki mulkiy huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazish oqibatida vujudga keladi.

Turar joyga nisbatan mulk huquqiga ega bo’lgan mulkdor o’zining mulk huquqlarini himoya qilish huquqiga ega bo’ladi.

Sherzod Tadjiyev

Farg’ona viloyat sudi fuqarolik ishlari bo’yicha sudlov hay'ati sudyasi