Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XUSUSIY MULK DAXLSIZDIR
2023-09-14 19:16:37 624
Jamiyatning iqtisodiy tuzilmalarini mulksiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda, mamlakatda xalq faravonligini ta'minlashda mulkning o’rni kattadir. So’ngi yillarda mamlakatimiz tomonidan mulkiy huquqlarni noqonuniy tajovuzlardan himoya qilish, mulkdor huquqlarini ta'minlash yuzasidan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 30 aprel kuni o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasiga ko’ra, fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, iste'molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi.
O’zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi ta'minlanadi.
Xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor o’z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas.
Xususiy mulkning dahlsizligi Konstitutsiyada e'tirof etilganligi aholining turmush farovonligini oshirishda, mulkchilik shakllarini va tadbirkorlik faoliyatlarini yanada qo’llab quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xususiy mulk daxlsizligini sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligida ko’rishimiz mumkin. Bu esa iqtisodiyotimizni yanada rivojlatirishga, investorlarni jalb etadigan jozibador ishbilarmonlik muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Farg’ona viloyat sudi
sudyasi R.Qosimov