Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

VASIYATNOMANI BEKOR QILISH MUMKINMI?

×

 2023-09-12 18:10:47    342

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 1127-moddasiga ko’ra, vasiyat qiluvchi istalgan vaqtda o’z vasiyatnomasini to’laligicha bekor qilishga yoxud unda mavjud bo’lgan ayrim vasiyat farmoyishlarini yangi vasiyatnoma tuzish orqali bekor qilishga, o’zgartirishga yoki to’ldirishga haqli.

Vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan yoki vasiyat qiluvchining yozma farmoyishiga binoan notarius yoxud boshqa mansabdor shaxslar tomonidan uning barcha nusxalarini yo’q qilib tashlash yo’li bilan bekor qilinishi mumkin.

Yangi vasiyatnoma tuzish orqali oldin tuzilgan vasiyatnoma to’laligicha yoki uning keyingi vasiyatnomaga zid bo’lgan qismi bekor qilinadi.

Agar vasiyat qiluvchi tomonidan keyingi vasiyatnoma o’z navbatida bekor qilingan yoki o’zgartirilgan bo’lsa, yangi vasiyatnoma tuzish orqali to’laligicha yoki qisman bekor qilingan oldingi vasiyatnoma qayta tiklanmaydi.


Fuqarolik ishlari bo’yicha

Qo’qon tumanlararo

sudining raisi   

 Akmal Razikov