Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OLTIARIQ TUMAN IIB: SKUTERDAGI XARAKAT O’LIM BILAN TUGADI
2023-08-30 16:52:11 382
Joriy yil 25 avgust soat 17:00lar chamasida fuqaro N.A (ayol kishi) boshqaruvidagi elektro-skuterni “4R148 Uch uy-Oltiariq-Vodil” avtomobil yo’lining 52-53 kilometridan, Oltiariq tumani markazi tomon boshqarib ketayotib, o’zi bilan bir yo’nalishda xarakatlanib ketayotgan fuqaro Sh.A. boshqaruvida bo’lgan yem-xashak o’rish kombayinining o’ng tomon qismidan quvib o’tishni amalga oshirayotgan vaqtida boshqaruvni yo’qotib, kombayin bilan to’qnashib, og’ir tan jarohati olgan. Tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan va ko’rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan fuqaro vafot etgan.
Ehtiyotsizlik oqibatida bir inson xayoti bevaqt xazon bo’ldi.
Oltiariq tuman Ichki Ishlar bo’limi fuqarolarga murojaat qiladi:
Qadrli hamyurtlar, aziz fuqarolar!
Yo’llarda xarakat xavfsizligini ta'minlashga, o’zimiz hamda yaqinlarimizning salomatligini xavf ostiga qo’ymaslikka xissa qo’shaylik.
Buning uchun xarakat xavfsizligi talablariga avtotransport boshqarayotganda yoki piyoda sifatida avtomobil yo’llari mintaqasida xarakatlanayotganda yoxud elektro-skuter, mototransport va velosipedlarni boshqarayotganda xavfsizlik talablariga qat'iy amal qilaylik!