Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"YO’L QURGAN - SAVOBLI ISH"
2023-08-17 16:20:34 192
"Obodonlashtirish oyligi" davomida Oltiariq tumani amalga oshirilayotgan tadbirlarda aholining faol ishtiroki kuzatilmoqda. Tuman xududidagi barcha MFYlarda futsqarolar tomonidan ko’chalar va xonadonlarda xasharlar davom etyapti.
Jumladan Qapchug’ay MFYdagi O’zbekiston 30 yilligi ko’chasida yangi barpo etilgan ko’p qavatli aholi xonadonlarida yashovchilar ham obodonchilik ishlarida faol qatnashmoqdalar.
Shu xududda joylashgan aholi punkti, bog’dorchilik xo’jaliklari va yuqumli kasalliklar shifoxonasiga eltuvchi serqatnov yo’lning texnik nosozliklari tuman hokimligi tashabbusi bilan ta'mirlanmoqda. Obodonlashtirish bo’limi hamda Avtomobil yo’llari korxonasi xodimlariga mahalla fuqarolari ham o’z yaqindan yordam berishga astoydil bel bog’laganlar. O’ttiz nafardan ortiq mahalla faollari o’zlarining xizmatlari bilan hamda qurilish ashyolariga xomiylikni amalga oshirish bilan xissa qo’shmoqdalar.
500 metrga yaqin yo’l qayta ta'mirlanmoqda.
"Yo’l qurgan - savobli ish" deganlaridek, ishchi-xizmatchilar qatori mahalla aholisi ham ana shunday xayrli ishlarga bosh qo’shmoqda.