Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
VILOYAT MUTAXASSISLARI OLTIARIQDA
2023-08-09 15:46:18 189
O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan "Salomatlik oyligi" aktsiyalari hamda ko’chma tibbiy ko’rik punktlari tashkil etilmoqda.
Farg’ona viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi tomonidan tuzilgan ana shunday sayyor tibbiy ko’rik va maslahat brigadasi bugun Oltiariq tumanida faoliyat olib bormoqda.
Yigirmadan ortiq mutaxassisliklar bo’yicha malakali vrach va tibbiyot xodimlari Tinchlik shaharchasidagi tibbiyot muassasasida aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazmoqdalar.
Xotin-qizlar, onalar va bolalar, keksalar turli kasalliklar bo’yicha shifokorlarning ko’rigidan o’tib, zarur maslahat hamda davolanish uchun yo’llanmalar olishmoqda.
Zamonaviy ko’chma tibbiy asbob-uskunalar, diognostika apparatlari yordamida mutaxassislar tomonidan malakali xizmat ko’rsatilmoqda.
Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmati.