Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KATPUTLIKLAR UCHUN YANA BIR QULAYLIK
2023-08-02 13:52:04 215
Katput qishlog’i Oltiariqning Rishton tumani va qo’shni Qirg’iziston respublikasi bilan chegaradosh xududda joylashgan. Hozirgi kunda bu yerda 6626 nafar fuqarolar istiqomat qiladi.
Xududdagi aholiga malakali tibbiy xizmatlar ko’rsatish uchun tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Oilaviy shifoxona punktida ikki nafar oliy ma'lumotli vrach hamda o’n sakkiz nafar o’rta tibbiyot xodimlari faoliyat yuritmoqda.
Tuman markazidan qariyb yigirma kilometr uzoqlikda joylashgan Katput qishlog’i aholisi uchun yana bir qulaylik yaratildi. Shu yerning o’zida Tez yordam shahobchasi tashkil qilinib, alohida tibbiy brigada va tez yordam mashinasi ajratildi.
Yangi tashkil etilgan maskanning ochilishiga qishloq faollari, oqsaqollar yig’ildilar. Tuman hokimi Shamsiddin Turdaliyev - Respublika Tibbiy yordam markazi Farg’ona filiali mutaxassisi Narimon Otajonov hamda tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Shuxratxon Buzrukovlar bilan hamkorlikda ramziy tasma qirqilib, tez yordam shahobchasining faoliyati boshlaganligi bilan shifokorlar va aholi vakillarini qutlashdi.
Aholi salomatligini muhofaza qilish va sifatli tibbiy xizmatlarni tashkil etilayotganidan nuroniylar ham behad mamnun bo’lmoqdalar. Duoga qo’l ochib, elga tinchlik, yurtga farovonlik tilamoqdalar.