Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AHOLI MUAMMOLARI XAL ETILMOQDA
2023-08-02 13:46:22 209
Oltiariq tumani hokimi Shamsiddin Turdaliyev Jonibek MFYda yashovchi aholi vakillari ishtirokida ochiq muloqot va "Sayyor qabul" o’tkazdi.
Xalq bilan muloqotda 1-Sektor mas'ullari, tuman hokimining tegishli o’rinbosarlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari qatnashdilar.
Dastlab yigirma nafardan ortiq fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari ko’rib chiqildi. O’n nafar fuqaroning muammolari shu yerning o’zida ijobiy xal etildi. Ayrim masalalarni qo’shimcha o’rganish va natijasi bo’yicha hokimga axborot berish uchun mas'ullarga zarur ko’rsatmalar berildi.
Ochiq muloqot davomida tuman hokimi Prezidentimizning saylovoldi dasturidan o’rin olgan xalq manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan yo’nalishlar to’g’risida batafsil tushuntirish berdi.
"Ijtimoiy davlat" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan islohotlardan pirovard maqsad Yangi O’zbekistonda har bir fuqaro erkin va farovon xayot kechirishini ta'minlash ekanligi ta'kidlandi.