Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

PROKUROR VA YOSHLAR MULOQOTI

×

 2023-07-21 18:42:01    207

PDF yuklash
Chop etish


         O’zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish Agentligi topshirig’iga asosan Korruptsiyaga qarshi kurashish Farg’ona viloyati kengashi tomonidan “Yoshlarni odam savdosi, korruptsiya, turli zararli yot g’oyalar va oqimlar tasiriga tushib qolishini oldini olish” bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

        Unga ko’ra joriy yilning iyul oyi davomida joylarda aholining xuquqiy bilimlarini oshirish bo’yicha turli tadbir va muloqotlar o’tkazilishi belgilangan,

        Bugun Oltiariq tumani markaziy Madaniyat saroyida tuman prokuraturasi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi bilan xamkorlikda aksilkorruptsiyaviy muloqot bo’lib o’tdi. Tadbirda 2-sektor xududidagi 21 ta mahalla fuqarolar yig’inlarida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari 250 nafardan ziyod mahalla yoshlari ishtirok etishdi.

        Tuman prokurori Rustamjon Tillayev ko’rgazmali vositalar yordamida mamlakatimizda Prezident Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan xuquqiy sohadagi islohotlar yuzasidan ma'ruza qildi.

       Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini shakllantirishning dastlabki qadami bu–davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan lavozimiga kirishgan ilk kunlardanoq “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunning imzolangani bo’ldi. Mazkur qonun bilan korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining 3 ta ustuvor yo’nalishi belgilandi: 

1. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish; 

2. davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish; 

3. Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlash, ularga chek qo’yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi printsipini ta'minlash.

Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasining huquqiy va institutsional asoslarini mustahkamlash, normativ-huquqiy hujjatlarda korruptsiyaga imkon beruvchi huquqiy bo’shliqlarni bartaraf etish, korruptsiyaga qarshi kurashuvchi vakolatli organlar faoliyatini huquqiy tartibga solish hamda ular o’rtasida samarali hamkorlikni ta'minlashga qaratilgan 20 dan ziyod qonunchilik hujjatlari ishlab chiqildi va qabul qilindi.

       Prokuror va yoshlar ishtirokida tashkil etilgan mazkur muloqot har tomonlama faollik ruxida bo’lib o’tdi. Tuman prokurori ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga xayotiy misollar bilan javob berdi. O’z kelajagini xuquqiy soha bilan bog’lash maqsadida bo’lgan ayrim yoshlar ayniqsa, muloqotdan ko’proq manfaatli bilim oldilar.