Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ QABULXONASI:
2023-07-20 16:48:59 194
Oltiariq tuman Xalq qabulxonasida tuman hokimlingining fuqarolar bilan navbatdagi muloqoti o’tkazildi.
Unda qabulxona mudiri, hokim o’rinbosarlari hamda sohalar bo’yicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Qabulda 24 nafar fuqarolarning tadbirkorlik, uy-joy, moddiy yordam, subsidiya, kadastr, sog’liqni saqlash, kredit, uy-joy ta'mir, yer masalasida va boshqa turli masalalar bo’yicha murojaatlari tegishli mas'ullar tomonidan o’rganib chiqildi.
Ayrim masalalar shu yerning o’zida muhokama etilib, tegishli choralar belgilandi. Qo’shimcha o’rganishni talab qiladigan murojaatlar bo’yicha ta'luqli rahbarlarga batafsil o’rganib, natijasi haqida axborot berish vazifasi yuklatildi.