Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOZA ICHIMLIK SUVI MASALASI O’Z YECHIMINI TOPMOQDA
2023-07-14 19:11:25 181
Ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar, hokimlikning tegishli o’rinbosarlari, sohaga ta'luqli mutasaddilar ishtirokida Oltiariq tumanidagi Jo’rak MFY xududida aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash bo’yicha amalga oshirilgan ishlar o’rganildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash cholra-tadbirlari" to’g’risidagi 408-sonli qarori asosida 1 mlrd 919 mln.so’m pul mablag’lari evaziga 1 dona suv minorasi o’rnatish, 2 dona bakteritsid o’rnatish, 1 dona suv nasosi o’rnatish, 5,4 km suv tarmog’i tortish, 1 dona TP o’rnatish va ximoya xududini o’rash ishlari amalga oshirildi. Buning natijasida 255 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi.
Ilgari qo’lbola quduqlardan foydalanib, zaxob suvlardan iste'mol qilgan aholi endilikda sifat jihatidan mutaxassislar tomonidan yuqori baholanayotgan toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi. Har bir xonadondagi suv tarmoqlaridagn yetarli miqdorda sifatli ichimlik suvi oqib turibdi.