Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
PREZIDENT QARORI IJROSI BO’YICHA PRESS-TUR BO’LIB O’TDI
2023-07-14 19:08:49 178
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari" to’g’risidagi 408-sonli qarori ijrosi yuzasidan Oltiariq tumanida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish maqsadida press-tur tashkil etildi.
Unda ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar, hokimlikning tegishli o’rinbosarlari, sohaga ta'luqli mutasaddilar ishtirok etishdi.
Dastlab Toshkent MFY uchun yangitdan qurib bitkazilgan mahalla binosi borib ko’rildi.
Toshkent MFY hududidagi fuqarolarga xizmat ko’rsatuvchi ma'muriy bino O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi PQ-408-sonli qaroriga asosan 750,0 mln.so’m mablag’ evaziga qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi.
Buning natijasida ushbu mahalla fuqarolari hamda ularga xizmat qiluvchi MFY xodimlari zamonaviy bino-inshootga ega bo’ldilar. Barcha uchun qulay va chiroyli xizmat xonalarida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, IIB profilaktika inspektori hamda nuroniylar kengashi uchun ham alohida xonalar mavjud. Aholi ishtirokidagi turli yig’in va tadbirlar o’tkazish uchun sharoitlar tashkil qilingan. Mahallaning qoq o’rtasida joylashgan mazkur bino aholi uchun qulay.
Press-tur ishtirokchilari e'tiboriga Toshkent MFY raisi A.Salimov tomonidan mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi rejalar tug’risidagi ma'lumotlar xavola etildi.
Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmati