Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMINING AHOLI BILAN MULOQOTI
2023-07-13 14:04:28 176
Oltiariq tuman hokimi Shamsiddin Turdaliyev Xalq qabulxonasida fuqarolar bilan navbatdagi ochiq muloqotini o’tkazdi.
Unda Xalq qabulxonasi mudiri J.Bozorov, hokimining tegishli o’rinbosarlari, mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlari hamda hokimlik mutaxassislari ishtirok etdilar.
Hokim qabulida 20 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Hokim Sh.Turdaliyev har bir murojaat yuzasidan batafsil ko’rib chiqib, taaluqli mutaxassislar ishtirokida kerakli xulosalar berdi.
Fuqarolarning o’ndan ortiq furojaatlari ijobiy xal etildi. Qo’shimcha o’rganishni talab etadigan masalalar yuzasidan mas'ullarga ko’rsatmalar berildi. Ijro natijasi bo’yicha qo’shimcha axborot berish vazifasi yuklatilib, nazorat o’rnatildi.