Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA

×

 2023-07-04 18:42:49    213

PDF yuklash
Chop etish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYAVIY QONUNI



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA

Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 2-mayda qabul qilingan

Senat tomonidan 2023-yil 4-mayda ma’qullangan


Keyingi yillarda mamlakatimizda saylov tizimini yanada takomillashtirishga, saylovchilarning va saylov jarayoni ishtirokchilarining huquqiy kafolatlarini kuchaytirishga, saylov va referendum o‘tkazishning ochiqligi, shaffofligi hamda mustaqilligining huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov jarayoni bo‘yicha bir qator muammolar va huquqiy bo‘shliqlar mavjud bo‘lib, shu munosabat bilan ularni bartaraf etish zaruriyati yuzaga keldi.

Bundan tashqari, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining qabul qilinishi amaldagi qonun hujjatlariga ham o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini talab etmoqda.

Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun bilan har yilgi mahalliy budjetlarning bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarini moliyalashtirish, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud olib tashlanmagan fuqarolarning viloyat, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga tayinlanishini taqiqlash nazarda tutilmoqda. Saylov va referendumda ishtirok etishning hamda fuqarolar yig‘inlari faoliyatining huquqiy asoslari ham mustahkamlanmoqda.

Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun saylov tizimini takomillashtirishga, saylov jarayoni ishtirokchilarining huquqiy kafolatlarini kuchaytirishga, fuqarolar yig‘inlari faoliyatining va referendumda ishtirok etishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi 417-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan 265-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 176-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; 2019-yil, № 9, 588-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 6, 574-modda, № 10, 983-modda) 6-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar referendumda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning referendumda ishtirok etish huquqlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi”.

2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi 915-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan O‘RQ-350-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 96-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda, № 10, 674-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 9, 588, 591-moddalar; 2021-yil, 4-songa ilova, № 12, 1194-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda, № 6, 574-modda, № 10, 983-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:

1) 7-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Davlat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, ularga qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishida ko‘maklashadi”;

2) 8-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy o‘ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli”;

3) 10-modda birinchi qismining yettinchi va o‘ninchi xatboshilaridagi, 11-modda birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va yettinchi xatboshilaridagi, 13-moddaning ikkinchi qismidagi va uchinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi, 14-moddaning nomidagi, birinchi qismining birinchi xatboshisidagiikkinchi va uchinchi qismlaridagi, 15-moddaning nomidagi, birinchi va ikkinchi qismlaridagi, 18-moddaning uchinchi qismidagi, 21-moddaning birinchiuchinchito‘rtinchi va beshinchi qismlaridagi, 22-moddaning birinchi qismidagi, 23-moddaning nomidagi, birinchi va ikkinchi qismlaridagi, 24-moddaning nomidagi, birinchi qismining birinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 25-moddaning birinchi — to‘rtinchi qismlaridagi tegishli son va kelishikdagi “(oqsoqoli)” degan so‘z chiqarib tashlansin.

3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 8, 469-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 199-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 970-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 464-modda) 203-moddasining birinchi qismidagi “(oqsoqollari)” degan so‘z chiqarib tashlansin.

4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 4-aprelda qabul qilingan “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi 350-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 60-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 12/1, 344-modda; 2012-yil, № 4, 104-modda; 2019-yil, № 9, 588-modda; 2021-yil, № 2, 139-modda, 4-songa ilova) 8-moddasining matnidagi “besh” degan so‘z “yetti” degan so‘z bilan almashtirilsin.

5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 15-oktabrda qabul qilingan “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi O‘RQ-499-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 10, 675-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 213-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:

1) nomidagi “(oqsoqoli)” degan so‘z chiqarib tashlansin;

2) 1-moddaning matnidagi, 2-moddaning nomidagi va matnidagi, 3-moddaning nomidagi, birinchi — to‘rtinchi qismlaridagi, 4-moddaning nomidagi va matnidagi, 5-moddaning nomidagibirinchi — to‘rtinchi qismlaridagi, 6-moddaning nomidagi va matnidagi, 7-moddaning nomidagibirinchi va ikkinchi qismlaridagi, 8-moddaning nomidagi va matnidagi, 9-moddaning nomidagi va matnidagi, 2-bobning nomidagi, 10-moddaning nomidagibirinchi va ikkinchi qismlaridagi, 101-moddaning nomidagi va matnidagi, 11-moddaning nomidagibirinchi qismidagi, uchinchi qismining ikkinchiuchinchibeshinchioltinchi va yettinchi xatboshilaridagi, 12-moddaning nomidagibirinchiikkinchi va to‘rtinchi qismlaridagi, 13-moddaning ikkinchiuchinchito‘rtinchi, oltinchiyettinchisakkizinchito‘qqizinchio‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilaridagi, 14-moddaning nomidagibirinchiikkinchi va uchinchi qismlaridagi, 15-moddaning beshinchi — sakkizinchi xatboshilaridagi, 3-bobning nomidagi, 16-moddaning nomidagibirinchi — to‘rtinchi qismlaridagi, 17-moddaning nomidagibirinchi va ikkinchi qismlaridagi, 4-bobning nomidagi, 18-moddaning nomidagi va to‘rtinchi qismidagi, 19-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagiuchinchi — oltinchi qismlaridagi, 20-moddaning nomidagi va matnidagi, 21-moddaning birinchi — to‘rtinchi qismlaridagi, 22-moddaning matnidagi, 23-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisidagi, 24-moddaning nomidagibirinchi va to‘rtinchi qismlaridagi, 25-moddaning nomidagibirinchi va ikkinchi qismlaridagi, 26-moddaning nomidagibirinchi va uchinchi qismlaridagi, 27-moddaning nomidagi, birinchi qismining birinchi, uchinchito‘rtinchi xatboshilaridagi va ikkinchi qismidagi, 28-moddaning nomidagi va matnidagi, 29-moddaning nomidagi va matnidagi, 30-moddaning nomidagi va matnidagi, 31-moddaning nomidagi va matnidagi tegishli son va kelishikdagi “(oqsoqoli)” degan so‘z chiqarib tashlansin.

6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyunda qabul qilingan O‘RQ-544-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 6, 327-modda; 2021-yil, № 2, 139-modda, 4-songa ilova, № 6, 518-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda, № 6, 574-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 5-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi”;

2) 13-modda beshinchi qismining sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“u O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanda”;

3) 14-modda quyidagi mazmundagi o‘ttiz oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi”;

4) 25-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“25-modda. Viloyat, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasiga a’zolik

Yigirma bir yoshga to‘lgan, o‘rta yoki oliy ma’lumotga, qoida tariqasida, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega bo‘lgan, aholi o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan fuqarolar viloyat, tuman va shahar saylov komissiyasining, okrug va uchastka saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin.

Quyidagilar viloyat, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas:

Qonunchilik palatasi deputati, mahalliy Kengash deputati, Senat a’zosi;

boshqa saylov komissiyasining a’zolari;

siyosiy partiyalarning a’zolari va vakolatli vakillari;

viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari;

prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari;

nomzodlar, nomzodlarning yaqin qarindoshlari va ishonchli vakillari;

nomzodlarga bevosita bo‘ysunuvchi shaxslar;

og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar.

Uchastka saylov komissiyasi a’zolarining yarmidan ko‘pi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emas, bundan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda hamda boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum qilish joylarida tashkil etilgan uchastka saylov komissiyalari mustasno.

Saylov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengash deputatligiga nomzod yoki ishonchli vakil etib ro‘yxatga olingan a’zosi saylov komissiyasi tarkibidan chiqib ketgan deb hisoblanadi.

Saylov komissiyasi a’zosining vakolatlari mazkur saylov komissiyasini tuzgan organ tomonidan bevosita yoxud uni a’zolikka tavsiya etgan organning taqdimnomasiga binoan quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:

u o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risida yozma ariza berganda;

u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;

u o‘z vazifalarini muntazam ravishda bajarmay kelganda;

qonunga ko‘ra u saylov komissiyasi a’zosining vakolatlarini amalga oshirish bilan bir vaqtda shug‘ullanib bo‘lmaydigan lavozimga saylanganda yoki tayinlanganda;

u sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan bedarak yo‘qolgan deb topilganda yoxud vafot etgan deb e’lon qilinganda;

u O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanda;

u vafot etganda.

Zarur bo‘lgan taqdirda, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda saylov komissiyasining yangi a’zosi saylanadi”;

5) 36-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanganligi ularning vakolatlari muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi, bundan ushbu Kodeksning 66 va 741-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno”;

6) 60-moddaning:

birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:

“Bunda saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi”;

oltinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:

“Bunda saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi”;

7) 61-moddaning birinchi qismidagi “besh” degan so‘z “yetti” degan so‘z bilan almashtirilsin;

8) 66-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“66-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muddatidan ilgari saylov

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha Senat Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida, ushbu Kodeksga to‘liq muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu Kodeksga to‘liq muvofiq holda ikki oy ichida o‘tkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi”;

9) 74-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Saylov Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov o‘tkazilishiga kamida bir oy qolganida tayinlanadi va ushbu Kodeksning talablariga rioya qilgan holda tashkil etiladi. Bunda saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi”;

10) 13-bob quyidagi mazmundagi 741-modda bilan to‘ldirilsin:

“741-modda. Qonunchilik palatasi deputatlarining muddatidan ilgarigi saylovi

Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga to‘liq muvofiq holda uch oy ichida o‘tkaziladi.

Qonunchilik palatasi tomonidan o‘zini o‘zi tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga to‘liq muvofiq holda ikki oy ichida o‘tkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi”;

11) 14-bob quyidagi mazmundagi 871-modda bilan to‘ldirilsin:

“871-modda. Senat a’zolarining muddatidan ilgarigi saylovi

Senat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Senat a’zolarining saylovi ushbu Kodeksga to‘liq muvofiq holda uch oy ichida o‘tkaziladi.

Senat tomonidan o‘zini o‘zi tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Senat a’zolarining saylovi ushbu Kodeksga to‘liq muvofiq holda bir oy ichida o‘tkaziladi”;

12) 93-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Saylov tegishli mahalliy Kengash tomonidan saylov o‘tkazilishiga kamida bir oy qolganida tayinlanadi va ushbu Kodeksning talablariga rioya etilgan holda tashkil etiladi. Bunda saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi”;

13) 931-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birlikda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari saylovi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovi esa tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan saylov o‘tkazilishiga kamida ikki oy qolganida tayinlanadi va ushbu Kodeksning talablariga rioya etilgan holda tashkil etiladi. Bunda saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi”;

14) 98-modda:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovga, mahalliy Kengashlarga saylovga, shu jumladan bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi”;

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“Mahalliy Kengashlarning bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar har yili qabul qilinadigan mahalliy budjetlarning xarajatlari qismida nazarda tutiladi”;

ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin.

7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi O‘RQ-737-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 12, 1195-modda) 15-moddasining ikkinchi qismidagi “(oqsoqollari)” degan so‘z chiqarib tashlansin.

8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Konstitutsiyaviy Qonunga muvofiqlashtirsin;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Konstitutsiyaviy Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

10-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 6-may,

O‘RQ-838-son