Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
«DAVLAT BOJI TO’G’RISIDA»GI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O’ZGARTIRISH VA QO’SHIMCHALAR KIRITILDI
2023-07-03 17:30:58 193
Keyingi yillarda mamlakatimizda telekommunikatsiyalar sohasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Xususan, o’tgan davrda telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziya berish tartibi soddalashtirildi. Litsenziya berganlik uchun yig’imlar va davlat boji to’lovlarini yagona billing tizimi orqali amalga oshirish tartibi belgilandi.
Biroq o’zining mustaqil aloqa tarmog’iga ega bo’lmagan va uyali aloqa operatorlarida mavjud bo’lgan aloqa tarmoqlari orqali radiotelefon (uyali) aloqa xizmatlarini ko’rsatuvchi uyali aloqa virtual operatorlariga (provayderlarga) litsenziyalar berganlik uchun davlat boji stavkalarining alohida miqdorlari mavjud emasligi, shuningdek teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko’rsatishga doir litsenziya uchun belgilangan yillik davlat bojlarining miqdori yuqoriligi hamda davlat bojini to’lashning amaldagi tartibi murakkabligi mazkur sohalardagi tadbirkorlik faoliyati yanada rivojlantirilishini cheklab qo’ymoqda.
Mazkur Qonun bilan «Davlat boji to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan ko’chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko’rsatishga doir litsenziyalar berganlik uchun davlat bojining miqdori maqbullashtirilishini, shuningdek teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko’rsatishga doir litsenziya berganlik uchun davlat bojining miqdori kamaytirilishini hamda uni yil davomida bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyati yaratilishini nazarda tutuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun telekommunikatsiyalar sohasidagi, xususan, ko’chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko’rsatish va teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) sohasidagi faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub'ektlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlashga, telekommunikatsiya tarmoqlarining modernizatsiya qilinishiga, shuningdek telekommunikatsiyalar sohasidagi raqobatni kuchaytirishga xizmat qiladi.