Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH DAVR TALABI
2023-06-15 15:24:32 189
Korruptsiyaga qarshi kurashish barchamizning burchimizdir.
Sh.M.Mirziyoyev.
So’nggi yillarda mamlakatimizda korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg’or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo’yicha izchil choralar ko’rilmoqda.
Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta'minlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.
Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta'minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo’lga qo’yish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta'sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratildi.
Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida oxirgi yillarda amalga oshirilgan islohotlar har bir sohani korruptsiyadan holi hududga, ya'ni urug’-aymoqchilik va tanish-bilishchilikni yo’qotish, byurokratik to’siqlarni bartaraf etishga qaratildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlash, ularga chek qo’yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi printsipini ta'minlash kabi ushbu sohadagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilab berdi. Mazkur Qonunda davlat organlari faoliyatining ochiqligini va ularning hisobdorligini ta'minlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining va boshqa xodimlarining o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan mas'uliyatini kuchaytirish, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlarining faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, davlat organlarining va ular xodimlarining faoliyatida korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo’l qo’ymaslik, davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan o’z mansab yoki xizmat majburiyatlarining bajarilishi samaradorligi mezonlarini, standartlarini va uning sifatini baholash tizimlarini joriy etish, davlat organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, murojaatlarning to’liq, xolisona va o’z vaqtida ko’rib chiqilishi, ular tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklarini tiklash hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha o’z vakolatlari doirasida choralar ko’rilishi ustidan nazoratni ta'minlash kabi bir qator chora-tadbirlar belgilab berdi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 06.07.2021 yil 6 iyuldagi PF-6257-sonli “Korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo’lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta'minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo’lga qo’yish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta'sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratdi.
O’zbekiston Respublikasi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunga binoan Korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va boshqa davlat organlari bevosita faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari sifatida belgilab qo’yildi va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib turish maqsadida O’zbekiston Respublikasining korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha milliy kengashi tuzildi. Ushbu Milliy kengashga korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish, korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta'minlash, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qo’yishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta'minlash, korruptsiyaning holati va tendentsiyalari to’g’risidagi axborotni yig’ish hamda tahlil etish va korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash kabi bir qator vazifalarni amalga oshirishi belgilab qo’yildi.
Xulosa qilib aytganda, korruptsiyaga qarshi kurashish avvalo oiladagi muhit va ta'lim-tarbiyadan boshlanadi. Jamiyatda nima halolu nima harom ekanligi farzandlarimizga ota-onalar va ustozlar o’giti bilan singdiriladi.
Mamlakatimizning kelajagini va obro’-e'tiborini qadrlaydigan har bir vijdonli fuqaro korruptsiya tahdidini zararli oqibatlarini doimo esda tutmog’i va unga qarshi kurashmog’i shart.
Korruptsiyaga qarshi kurashish har bir fuqaroning, ichki axloqiy-ruhiy maslagi va e'tiqodiga aylanishi kerakki, bu korruptsiyaga qarshi ma'rifatning o’zagini tashkil qiladi. Qonun talablarining to’laqonli amalga oshirilishi mamlakatimiz aholisining turmush farovonligini oshirishga, rivojlanish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Oltiariq tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti A.Q.Parmonov