Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ALIMENTNI 2 OYDAN ORTIQ MUDDAT TO’LAMASLIK 15 SUTKALIK MA'MURIY QAMOQQA SABAB BO’LADI!
2023-06-12 10:39:19 209
⚡️Savol;
Voyaga yetmagan bolalarga qancha vaqt aliment to’lamagan shaxs 15 sutkalik ma'muriy qamoqqa yuborilishi mumkin ?
⚡️Javob;
Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 47 prim-4-moddasiga asosan, moddiy yordamga muhtoj bo’lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta'minlashdan bo’yin tovlash, ya'ni ularni moddiy jihatdan ta'minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug’iga binoan undirilishi lozim bo’lgan mablag’ni jami bo’lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to’lamaslik, — o’n besh sutka muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo’lishi mumkinligi ko’rsatilgan.
❗️Demak, aliment to’lashi kerak bo’lgan shaxs aliment qarzini 2 oydan ortiq muddat davomida to’lamasa, unga nisbatan 15 sutkalik ma'muriy qamoq qo’llanishi mumkin.
MIB OLTIARIQ TUMAN BO’LIMI