Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
UNDIRILMAYOTGAN ALIMENT MIQDORLARI KAMAYTIRILMAYDI.
2023-06-08 14:17:23 215
Farg’ona viloyat sudining fuqarolik ishlari bo’yicha sudlov hay'atida 2023 yil 29 mayda javobgar R.Madaliyevaning apellyatsiya shikoyati ko’rildi.
Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo’yicha O’zbekiston tumanlararo sudining hal qiluv qarori bilan da'vogar G’.G’aniyevning da'vo talabi qanoatlantirilib, sudning 2019 yil 24 sentyarbdagi sud buyrug’i bo’yicha Tolibjon ismli farzandiga undirilayotgan alimentning miqdori 1/6 qismga, Go’yoxon ismli farzandiga undirilayotgan aliment miqdori 1/6 qismga, Sobirjon ismli farzandiga undirilayotgan aliment miqdori 1/6 qismga kamaytirilgan.
Ma'lumki, O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 115-moddasiga ko’ra, boshqa-boshqa ota-onadan tug’ilgan voyaga yetmagan bolalar uchun sudning bir necha hal qiluv qarorlariga asosan bir ota (ona)dan undirilayotgan alimentning umumiy miqdori ushbu Kodeksning 99-moddasida nazarda tutilgan miqdordan oshib ketsa, aliment to’lovchi ota (ona) aliment to’lash haqidagi sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrug’i kimning foydasiga chiqqan bo’lsa, o’sha shaxslarning har biriga nisbatan alimentning miqdorini tegishincha kamaytirish to’g’risida da'vo taqdim etishi mumkin.
Biroq, birinchi instantsiya sudida Oila kodeksining 115-moddasi talabida, aliment miqdorini kamaytirish aynan undirilayotgan aliment miqdoriga nisbatan nazarda tutilganligi o’rganilmagan.
Apellyatsiya instantsiyasi sudida aniqlanishicha, Majburiy ijro byurosi O’zbekiston tuman bo’limining 2022 yil 12 va 13 dekabrdagi qarorlari bilan fuqarolik ishlari bo’yicha O’zbekiston tumanlararo sudining 2022 yil 19 noyabrdagi ijro hujjatlari undiruvchi tomonidan qaytarib olinganligi sababli ijro ishlari O’zbekiston Respublikasining Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risidagi Qonunining 40-moddasi 1-bandiga asosan tamomlangan.
Ushbu holatda mazkur sud buyruqlari bo’yicha alimentlar undirilayotgan hisoblanmasada, yagona ijro harakatida bo’lgan R.Madaliyevani foydasiga undirilayotgan aliment miqdori kamaytirilib, bolaning qonuniy manfaatlari buzilgan.
Apellyatsiya instantsiyasi tomonidan, alimentni kamaytirish haqidagi sud qarori bekor qilinib, R.Madaliyevaning aliment miqdori dastlabki miqdoriga qaytarilib, ona va bolaning qonuniy huquq va manfaatlari tiklanni.
Farg’ona viloyat
sudining sudyasi
B.Abrorov