Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“SOG’LOM HAYOT SARI BESH MING QADAM”
2023-05-31 12:48:02 226
Oltiariq tumani tajribasida aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar o’rtasida “Sog’lom oilani shakllantirish”, “To’g’ri ovqatlanish va sog’lom turmush tarzi” umummilliy harakatini amalga oshirilishi bo’yicha
“YO’L HARITA” ishlab chiqildi.
Aholi o’rtasida oqilona ish va dam olish, sport bilan muntazam shug’ullanish, badantarbiya mashg’ulotlarini kundalik turmush tarziga aylantirish, sog’lom va to’g’ri ovqatlanish, ortiqcha vazn va semizlikni bartaraf etish, zararli odatlarga chek qo’yish maqsadida Polason MFY xududida turkum tadbirlar o’tkazib kelinmoqda.
Bugun Oltiariq tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo’limi tashabbusi bilan yo’l xarita ijrosini ta'minlash maqsadida xotin-qizlar ishtirokida “Sog’lom hayot uchun 5 000 qadam” yurish marafoni o’tkazildi. Unda mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari boshchiligida turli yoshdagi ayollar faol ishtirok etdilar. Sport tadbiri yuqori kayfiyatda o’tkazildi.