Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SOG’LOM JAMIYAT UCHUN
2023-05-23 17:36:11 219
Oltiariq tumani tajribasida aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar o’rtasida “Sog’lom oilani shakllantirish”, “To’g’ri ovqatlanish va sog’lom turmush tarzi” umummilliy harakatini amalga oshirilishi bo’yicha
“YO’L HARITA” ishlab chiqildi.
Mazkur umumilliy harakatni amalga oshirish maqsadida tibbiyot muassasalari tomonidan
ommaviy va individual targ’ibot tadbirlarini tashkillashtirishda
2023 yil may-dekabr oylari uchun yagona mavzular ro’yxati ishlab chiqildi. Unda har oy uchun alohida yo’nalishlar belgilanib, 35 ta mavzular tanlab olingan.
Aholi o’rtasida oqilona ish va dam olish, sport bilan muntazam shug’ullanish, badantarbiya mashg’ulotlarini kundalik turmush tarziga aylantirish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, sog’lom va to’g’ri ovqatlanish, ortiqcha vazn va semizlikni bartaraf etish, zararli odatlarga chek qo’yish, aholi tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida tibbiyot xodimlari va mahalla faollari bilan birgalikda xafta kunlari nomlanishi bo’yicha targ’ibot tadbirlarini tizimli ravishda olib borilmoqda.
Tajriba tariqasida tanlab olingan Poloson MFY da "Sog’lom oilani shakllantirish", "To’g’ri ovqatlanish va sog’lom turmush tarzi" umummilliy xarakatini amalga oshirish mexanizmi yuzasidan seminar bo’lib o’tdi. Unda tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo’limi, mahalla xotin-qizlar faollari, tibbiyot bo’limi mutaxassislari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.