Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLTIARIQDA QOVUN PISHDI

×

 2023-05-09 13:44:56    231

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariqliklarning dehqonchilikdan baraka topganini boisi shuki, ular qaysi mahsulotga qachon talab kuchayishiga qarab ish tutadilar. Ishtiyoqi bor odam zukko bo’ladi. Har ishning xadisini tez o’rganadi. 

Polosonlik Tursunoy Alimqulova xonadonida uch sotixgina yeri bor. Ikki yil avval oila biroz qiynalganligini e'tiborga olib, mahalla fuqarolar yig’ini tavsiyasi bilan ikki sotixli issiqxona qurib berilgandi. Tursunoy opa turmush o’rtog’i Ergashali aka va farzandlari bilan ozgina yerdan ko’pgina daromad olish niyati bilan xarakatni boshlashdi.

Ustoz Anvar Obidjon (Aloh rahmatiga olsin) ta'biri bilan aytilgan - oltiariqlik ishbilgichlarning bir xayoli bozorda, diqqati tomorqasida bo’ldi. 

Tanqis mahsulotning narhi baland. Tursunoy opa ilgari qilmagan ishini tez o’zlashtirib, issiqxonani to’ldirib qovun ekdi. Qo’li mo’may pul ko’rib, qiziqishi ortdi. Bu yil oralatib bulg’or qalampiri ham ekkan. 

- O’g’illarimga uy olaman, xo’jayinimga mashina olib beraman,-degan niyatiga biz ham tilakdoshmiz.

Qolgan bir sotix joy ham bekor qolmagan. Bodring, pomidor, qalampir, karam, piyozdan tortib hamma mevalardan bor. Xovli burchagida 10-15 ta tovuq bilan ikkita buzoq boqilyapti. Ko’cha va xovli ustida uzum-tok, ostida atirgullar!

Ro’zg’oringiz gulday go’zal bo’lsin, Tursunoy opa.

A.Xonkeldiyev
Oltiariq tuman hokimligi matbuot kotibi