Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ TA'LIMIDA OLTIARIQ TAJRIBASI: ENG ZO’R MAKTAB QAYSI ?
2023-04-15 14:52:25 253
Oltiariq tuman hokimining tashabbusi bilan umumta'lim maktablari o’rtasida "Eng zo’r maktab" ko’chma sovrini joriy etildi.
“Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili” tuman Dasturi doirasida hokim farmoyishi bilan umumta'lim maktablarining har oydagi reyting natijalarini aniqlash tartibi to’g’risisdagi Nizom tasdiqlandi.
Tanlov maqsadi umumiy o’rta ta'lim muassasalari o’rtasida sog’lom raqobat muhitini shakllantirish, umumiy o’rta ta'lim muassasalarida o’zlashtirish, davomat, ijtimoiy faollik va tozalikni joriy qilish, umumiy o’rta ta'lim muassasalarining rahbarlari va pedagoglarining jamiyatdagi o’rni va maqomini oshirish, mehnatini munosib qadrlash, faoliyat samaradorligiga qarab moddiy rag’batlantirish etib belgilangan.
Joriy yil mart oyi davomida tumandagi 46 ta umumta'lim maktablarida tanlab olingan 137 ta sinflarda jami 3041 nafar o’quvchilardan Biologiya, Fizika, Matematika, Ona-tili, Ingliz-tili, Kimyo fanlaridan nazorat ishlari olindi.
Unda 1098 nafar 9-sinf, 1025 nafar 10-sinf, 918 nafar 11-sinf o’quvchilari ishtirok etdi.
Shuningdek, 46 ta maktabning 9-10-11 sinflari o’quvchilarining darslarga qatnashish holati o’rganilib, jami 92 ta davomat tadbirlari o’tkazdi.
Maktab o’quvchi va o’qituvchilarining jamoaviy kiyinish madaniyatiga rioya qilishi, o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida fan va turli to’garaklariga jalb etilganligi, maktablarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida (telegram, facebook va boshqa) ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar haqida muntazam axborot joylashtirilib borilishi o’rganildi.
Tozalik va obodonlashtirish holati, “Yashil makon” loyihasi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar baholanib borildi.
Bugun tuman hokimi Sh.Turdaliyev boshchiligida o’tkazilgan yig’inda soha mutasaddilari va barcha umumta'lim maktablari rahbarlari ishtirokida mazkur Nizomga asosan reyting natijalari tahlil qilindi.
Unga ko’ra tanlovning barcha yo’nalishlari bo’yicha umumiy ballar kesimida g’oliblikni:
1-o’rin- 84,40 ball bilan 4-ihtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi;
2-o’rin- 81,57 ball bilan 3-ihtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi;
3-o’rin- 81,04 ball bilan 32- umumta'lim maktablari egalladi.
2023 yil mart oyida tumandagi “Eng zo’r maktab” reytingida g’olib bo’lgan umumta'lim maktablariga hokimlikning maxsus sovrini, faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg’alari topshirildi.
Shuningdek, yuqori natijalarga erishgan maktab rahbaralari, ularning o’rinbosarlari hamda pedagog xodimlarni xalq deputatlari tuman Kengashining qaroriga muvofiq moddiy jihatdan rag’batlantirish choralari ham belgilangan.
Oltiariq tuman hokimligi Axborot xizmati.