Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Oltiariq tumanida tashkil etilgan yangi Ma’naviyat va ma’rifat maskani foydalanishga topshirildi.

×

 2022-12-01 15:11:48    180

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bugun butunlay yangi bosqichga chiqmoqda. Azaldan madaniyat, ma’naviyat maskani sifatida nom qozongan Farg‘onada mazkur yo‘nalishda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimligining tashabbusi bilan aholi o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida viloyatdagi 4 ta sektorlar kesimida 869 ta “Ziyo maskani” kitob do‘konlari, 134 ta “Book cafe” tashkil etildi. “Bir ziyoli - bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida viloyatdagi 1 ming 62 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga viloyatda faoliyat olib borayotgan oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, yozuvchi, shoir, taniqli san’atkor va ziyolilar biriktirildi. Ular tomonidan ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot ishlari “mahallabay” tarzda o‘tkazilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Quvasoy, Marg‘ilon shaharlari, Dang‘ara tumanida yangi Ma’naviyat va ma’rifat maskanlari ochildi. Oltiariq tumanidagi mazkur maskan ham ana shu ishlarning uzviy davomidir.

 

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan tuman hokimi Sh.Turdaliyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari M.Sulaymonov Prezidentiimizning 2021 yil 26 mart kuni qabul qilingan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosidagi islohotlarning amaliy samaralari xususida so‘z yuritib, yangi ish boshlayotgan Ma’naviyat va ma’rifat maskani tuman ahliga o‘ziga xos tuhfa bo‘lganligini ta’kidladi.

 

Oltiariq tadbirkorlari, shoir va yozuvchilari, san’atkorlari bilan yurtimizda dovruq qozongan. Ayni kunlarda ularning munosib izdoshlari kamolga yetmoqda. Mana bunday maskanlar esa yosh iste’dodlarni kashf etish, qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yerda ijodkorlar uchun xona, kutubxona, tadbirlar zali bo‘lib, qulay sharoitlar yaratildi.

 

Tadbir ishtirokchilari maskan faoliyati bilan tanishdi hamda ezgu tilaklar bildirdi.