Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qonunchilikdagi_yangiliklar

 2022-11-21 10:09:40    231

PDF yuklash
Chop etish


Endi MCHJning ta’sis shartnomasini davlat ro’yxatidan o’tkazish talab etilmaydi


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 noyabrdagi “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ–415-son Qarori qabul qilindi.

Ushbu Qarorga muvofiq 2022 yil 1 dekabrdan tijorat tashkilotlari faoliyatida quyidagi talablar bekor qilinadi:

Quyidagi tashkilotlarda ichki auditni tashkil etish:

1.mas’uliyati cheklangan jamiyatlar;

2.aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming barobaridan kam, davlat ulushi 50 foiz va undan ko’p aktsiyadorlik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari;

3. MCHJning ta’sis shartnomasini davlat ro’yxatidan o’tkazish;

4. MCHJning vakillariga umumiy yig’ilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tasdiqlash;

5. MCHJda zaxira jamg’armasi tashkil etilganda, uning miqdorini ustav fondining kamida 15 foizi etib belgilash.

2023 yil 1 martdan unitar korxona yoki qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish to’xtatiladi.

2023 yil 1 apreldan:

➖ MCHJ ustav fondiga qo’shiladigan, qiymati BHMning 10 ming baravaridan ko’p pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori bo’lishi mumkin emas;

➖ yuridik shaxslar qayta tashkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga o’tgan hisoblanadi.

2023 yil 1 iyuldan xo’jalik jamiyatining filiallari, vakolatxonalari tashkil etilganligi va uning ustav fondi shakllantirilganligi hamda to’lovga qobiliyatsizligi yuzasidan ish qo’zg’atilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da e’lon qilinadi.


Oltiariq tuman adliya bo’limi

yuridik xizmat ko’rsatish markazi

bosh yuriskonsulti      Sh.M.Raximov