Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Oltiariq tumani Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudirining MUROJAATI

 2022-10-07 18:30:22    284

PDF yuklash
Chop etish


Assalomu aleykum! Xurmatli ota-onalar.

 

Farzand Alloh tomonidan berilgan eng aziz ne’matdir. Uning sog‘lig‘I va xavfsizligi ota-onaning boyligidir.

 

Hozirgi kunda bolajonlar hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan xodisalarni oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining “Maktabgach ata’lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tashki letish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qo‘shma qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligigning  2022-yil 12-sentabrdagi 196-sonli buyrug‘I  ishlab  chiqildi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning  rivojlanishi, ta’lim va tarbiya olishi uchun xavfsiz shart-sharoitlar yaratilmoqda. Tarbiyalanuvchilarning hayotini muhofaza qilish maqsadida yong‘in xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar, tez tibbiy yordam xizmatlari hamda ichki ishlar organlarining qisqa raqamli telefon raqamlari ko‘rsatilgan ma’lumotlar osib qo‘yildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari hududiga, ushbu tashkilot tarbiyalanuvchilari va xodimlaridan tashqari boshqa begona shaxslarn ikirib chiqishlarini taqiqlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga kirish eshiklariga qo‘ng‘iroqlar o‘rnatildi. Bundan tashqari bolajonlarni qarovsiz qoldirilishini oldini olish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar belgilanib, DMTT va DXSHMTTlari rahbarlari ishtirokida ishlab chiqilib amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kafolat xatlari olindi.

“BOLAJONLARIMIZ – SIZ VA BIZNING  KELAJAGIMIZ” xurmatli ota-onalar. Shunday ekan,  xavfsizlikni ta’minlashga barchamiz birdek mas’ulmiz. Bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni nazoratga olib, birdek mas’uliyatni xis qilmas ekanmiz,  turli ko‘ngilsiz voqealar sodir bo‘lishiga xech kim kafolat bera olmaydi. Qolaversa, salbiy holatlarga yo‘l qo‘yib bergan bo‘lamiz. Bunga misol qilib O‘zbekiston tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida tarbiyalanayotgan     4 yoshli bola qarovsiz qoldirilganligi sababli soyda cho‘kib vafot etgan.  Qashqadaryo viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida tarbiyalanayotgan 2-3 yoshli qizaloq tez yurar poezd tagiga kirib ketib vafot etgan. Bunday misollardan ko‘plab keltirishimiz mumkin. Bas shunday ekan, Xurmatli ota-onalar. Sizlardan iltimos qilib shuni murojaat qilib aytamanki, farzandlaringizni ta’lim-tarbiyasi, ularning xavfsizligini ta’minlash barchamiz uchun muhim vazifadir.

   Sizdan  farzandlaringizni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga shaxsan o‘zingiz olib kelib va olib ketishingizni yoki ayrim hollardagina voyaga yetgan yaqin qarindoshlaringizgina (opa,aka) ishonib topshiringizni so‘rab qolaman.                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                          .

Xurmatli  ota-onalar! Farzandlarimiz taqdiriga befarq bo‘lmaylik.Yurtimiz ravnaqi va kelajagi  bo‘lgan  farzandlarimizni  asrab-avaylaylik.