Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAYYOR QABUL: FUQAROLARNI HAYOTDAN ROZI QILISH – PIROVARD MAQSAD!
2022-07-28 13:54:08 223
Odamlarning dardini eshitish, og’irini yengil qilish yurtdoshlarimizning davlatga bo’lgan ishonchini mustahkamlashda aholi bilan doimiy muloqot qilish alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Xususan, Oltiariq tumani hokimi, hokim o’rinbosarlari hamda sektor rahbarlarining sayyor qabullar orqali fuqarolarni qabul qilish amaliyoti keng yo’lga qo’yilgani xalqimizning davlat idoralariga nisbatan ishonchini ortib borishiga sabab bo’lmoqda.
Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oltiariq tumanidagi Xalq qabulxonasida tuman hokimining o’rinbosari A.Islomov tomonidan aholi murojaatlarini eshitish hamda ularning muammoli masalalariga amaliy yechimini topish bo’yicha sayyor qabuli o’tkazildi.
Sayyor qabulda 40 nafardan ziyod fuqarolar ishtirok etdi va sog’liqni saqlash, ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, yo’llarni ta'mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash masalalari bo’yicha murojaat qildilar.
Mazkur sayyor qabul davomida fuqarolarning dardu tashvishlari eshitildi hamda ayrim masalalar yuzasidan fuqarolarga imkon darajasida shu kunning o’zidayoq huquqiy tushuntirishlar berilgan bo’lsa, vaqt va o’rganish talab etiladigan murojaatlar ijrosi bo’yicha tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat