Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAYYOR QABUL: MUROJAATLAR NAZORATGA OLINMOQDA
2022-07-26 14:16:45 211
Bugun, 26 iyul kuni Oltiariq tumani hokimining o’rinbosari A.Islomov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oltiariq tumanidagi Xalq qabulxonasida sayyor qabul o’tkazildi.
Sayyor qabulda tumandagi tashkilotlar rahbarlari hamda o’nlab murojaatchi fuqarolar ishtirok etdi.
Unda aksariyat murojaatlar ichki yo’llarni tartibga keltirish, elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash, moddiy yordam berish, uy-joyini ta'mirlashga yordam berish bo’yicha bo’ldi.
Barcha fuqarolarning murojaatlari atroflicha o’rganib chiqildi va aksariyatiga huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ijrosi vaqt talab etgan muammolar yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifalar belgilanib, ijrosi yuzasidan muddat belgilandi va qat'iy nazoratga olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat