Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 105 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JINOYATLAR MUHOKAMA ETILDI

×

 2022-07-16 17:38:29    230

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tuman Madaniyat saroyida o’tkazilgan yig’ilish jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamiyatda xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash, fuqarolar hushyorligi va ogohligini oshirish, tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni ta'minlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish masalalariga bag’ishlandi.


Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, tuman ichki ishlar bo’limi hamda tuman hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda tumanda o’tgan 6 oy davomida qayd etilgan jinoyatlar va ularning kelib chiqish sabablari muhokama etildi.

Mahalla fuqarolar yig’inlari raislari, profilaktika inspektorlari hamda mazkur masalaga taalluqli tashkilotlar rahbarlari ishtirokidagi yig’ilishda olti oy davomida sodir etilgan 223 ta jinoyatdan 153 tasining sodir etilishining oldini olish mumkinligi ta'kidlandi. 


Ma'ruzachilar tomonidan o’g’irlik, o’rtacha og’ir va yengil tan jarohati yetkazish jinoyatlari oshgani va eng ko’p jinoyatlar Qiziltepa, Bozorboshi, G’ayrat hamda Yangiturmush mahallalariga to’g’ri kelishi aytib o’tildi.

Yig’ilishda, shuningdek, og’ir xayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni aniqlash, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordamlar ko’rsatilishini ta'minlash borasidagi ishlar ham tahlil etildi. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat