Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QUYONCHILIK – ISTIQBOLLI LOYIHA
2022-07-16 13:55:29 338
Bugungi kunda Yurtboshimiz tomonidan yurtimizda parrandachilikni rivojlantirish, aholini sut va go’sht mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida tadbirkorlarga qator imtiyoz va imkoniyatlar yaratilmoqda. Shunday imkoniyatlardan keng foydalanib halqimiz dasturxoniga, nafaqat halqimizga balki qo’shni davlatlarga o’z mahsulotlarini eksport qilishni yo’lga qo’ygan tadbirkorlardan biri “Bek Quyon Klaster” MChJ rahbari Donyorbek Jabborovdir.
D.Jabborov dastlab 2019 yilda 50 sotik yer maydonida “Bek Quyon Klaster” MChJ tashkil etib, Toshkent shahridan 100 bosh ona quyon olib kelib ish boshlagan. Quyonxona davlat standartlari asosida tashkil etilgan. Quyonchilik fermer xo’jaligida 7 nafar ishchi xodimlar mehnat qilib ro’zg’or tebratmoqda.
– 2019 yilning o’zida fermer xo’jaligimizni 100 dona ona quyon bilan ish boshlab, shu yilning o’zida 120 mln sof foyda ko’rishga erishdik. 2020 yilda quyonlar soni 1000 boshga yetkazilib, yangitdan zamonaviy quyonxona barpo qildik, – deydi D.Jabborov. – 2020-2021 yillarda klaster zotli quyonlarni yanada ko’rpaytirish maqsadida xorijdan “KALEFORNIYA” nomli 150 dona hamda “BURGUNDIYA” nomli 75 dona ona quyonlari olib kelindi. 2021 yilning oxiriga kelib ona quyonlar sonini 900 boshga yetkazishga erishdik. Har bir zotdor ona quyonlar yiliga 6-7 martadan bolalab, 570 mln so’mdan oshiq sof foyda ko’rildi.
Hozirda zotli quyon turlaridan “KALEFORNIYA”, “BURGUNDIYA” hamda “HIKOL” quyonlar mavjud bo’lib, ularning soni 5500 donaga yetdi. Quyonlar esa Qozog’iston, Tojikiston kabi bir qator davlatlarga ham eksport qilinmoqda.
Fermer xo’jaligi tomonidan so’nggi uch yilda Toshkent, Buxoro, Farg’ona, Namangan, Andijon, Samarqand viloyatlari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasiga 5 mingdan ziyod quyonlar yetkazib berilgan. Ushbu yetkazib berilgan quyonlardan tug’ilgan bolalarini yetilgandan so’ng yana qaytarib sotib olinib, ularni so’yib viloyatimizning Buvayda, Bag’dod hamda Rishton tumanlariga shuningdek, tumanimizning barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlariga hamda oziq-oqvat do’konlariga shartnoma asosida yetkazib berilmoqda.
Bundan tashqari, “Bek Quyon Klaster” MChJ tomonidan quyonlarga omuxta yem mahsulotlarini ishlab chiqarish ham yo’lga qo’yilgan. Ushbu ishlab chiqarilgan omuxta yemlarni Respublikamizdagi barcha quyon fermalariga yetkazib berilmoqda.
Kelgusida D.Jabborov parhezbob quyonlarni to’liq qayta ishlovchi texnologiyalarni joriy qilish hamda mahsulotlarni saqlovchi muzlatkichli omborxonalarni barpo qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat