Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JAMIYATDA XOTIN-QIZLARNING FAOLLIGI MUHIM
2022-07-01 11:51:20 201
Oltiariq tumanida jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy-ma'rifiy hayotida xotin-qizlarning faol ishtirokini ta'minlashni yuqori saviyaga ko’tarish maqsadida tuzilgan respublika ishchi guruhi Oltiariq tumanida bo’lib, mahalla xotin-qizlar faollari va hamkor tashkilotlar mutasaddilari bilan uchrashdi.
Unda tuman sektor rahbarlari, hokimlik bo’lim va boshqarmalari mutasaddi vakillari, 72 ta mahalla fuqarolar yig’inlaridagi xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda Respublika Oila va xotin-qizlar davlat qo’mitasi boshqarma boshlig’i Dilshodaxon Muxtorovna so’z olib, “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident Farmoni asosida qabul qilingan “2022 — 2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo’yicha Milliy dasturning 2022-2023 yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi"ning ijrosini ta'minlashdagi dolzarb vazifalarga to’xtalib o’tdi.
Tadbirda tuman hokimi Sh.Turdaliyev ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat