Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLTIARIQ TUMANIDA TIBBIYOT MASKANLARI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2021-03-20 19:12:14    218

PDF yuklash
Chop etish


Xabaringiz bor, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Farg’ona viloyatidagi Marg’ilon shahri va Oltiariq tumanlarini namunali tibbiyot maskanlariga aylantirish topshirig’i berilgan edi.

Oltiariq tumanida bu ishlarni amalga oshirish uchun viloyat mahalliy byudjetidan qariyb 10 milliard so’m mablag’ ajratilgan. Bu mablag’lar asosida tibbiyot muassasalarini zamonaviy-tibbiy asbob-uskunalar, laboratoriya jihozlari bilan ta'minlash, binolarni ta'mirlash va bemorlarga qulay sharoitlar yaratish nazarda tutilgan. 

Tumanimizda "Navro’z" bayrami arafasida zamonaviy tarzda ta'mirdan chiqarilgan ko’p tarmoqli bolalar poliklinikasi, 37 va 38-qishloq oilaviy poliklinikalarining ochilish marosimi o’tkazildi. Unda tuman hokimi Xolmirza Niyozov, sektor rahbarlari, faollar va tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi. 


Ochilish marosimida ishtirok etganlar yangi foydalanishga topshirilgan ushbu tibbiyot maskanlari tumanimizdagi fuqarolarimizni sog’lom bo’lishlari va kasallikni oldini olishda xizmat qilishi ta'kidlandi. 


Oltiariq tumani hokimligi axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat