Юридик ва жисмоний шахслар томонидан веб сайт орқали бўлган мурожаатлар
Жами мурожаатлар: 38Ишонч телефони статистикаси
"OILAVIY MUNOSABATLARDA DINIY QADRIYATLARNING ÒRNI" MAVZUSIDA MADANIY-MA'RIFIY TADBIR
2023-06-05 09:01:12 186
Oltiariq tuman "Ziyrak momo" ziyoratgohida Bòston mahalla fuqarolar yiģini tomonidan "Oilaviy munosabatlarda diniy qadriyatlarning òrni" mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir bòlib òtdi.
Tadbirda tuman oila va xotin qizlar bòlimi boshliģi H. Atajanova, Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bòlinmasi bosh mutaxassisi D. G'oyibnazarova, Bòston MFY vakillari, rasmiy otinoyilari, shuningdek mahallaning ibratli va namunali oila onaxonari ishtirok etdilar.
Tadbirda sòzga chiqqanlar bugungi kunda yurtimizda amalga oshlhirilayotgan islohotlar zamirida oilaviy qadriyatlarning uluģvorligi, oila - jamiyatning muhim bir bògini bòlib, oilalarda kamol topayotgan yoshlarning tarbiyasida onalarning òrni beqiyos ekanligi, jumladan, ota-onaga hurmat, oilaning muqaddasligi - diniy va ma'naviy qadriyatlarimizda òz aksini topganligi ta'kidlab òtildi.
Tadbirda onaxonlar tomonidan chiroyli tilaklar aytildi, she'rlar òqildi.
Hushovoz xonanda Ravshanbek Hojibolayayevning qòshiqlari barchani raqsga chorladi.