Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 96 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLTIARIQ SOMSASI - TUMANNING YANA BIR «TASHRIF QOG’OZI»

×

 2022-06-22 15:48:27    175

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona vodiysida so’nggi paytlarda Oltiariq tumanida tayyorlanadigan somsa ta'rifi og’izdan-og’izga o’tib, o’ziga xos tayyorlanish uslubi, mazasi, to’yimli ekani bilan tobora mashhur bo’lib bormoqda.


Ayni paytda tumanning deyarli har bir mahallasida somsa tayyorlashga ixtisoslashgan somsaxonalar tashkil etilgan. Erta tongdan gavjum bo’ladigan ushbu maskanlarda uzoq-yaqindan keladigan mehmonlarning qadami uzilmaydi.

Tinib-tinchimas oltiariqliklar uzum, bodring, turp singari qishloq xo’jaligi mahsulotlari qatorida somsani ham tumanning o’ziga xos brendi – «tashrif qog’ozi»ga aylantirishga muvaffaq bo’ldilar. Shuningdek, Oltiariq somsasini tandirdan uzib olingach, muzlatgichda maxsus usulda sovitilib, samolyotda xorijga jo’natish tajribasi amalda sinab ko’rildi. Hozirgacha buyurtma asosida Rossiya, Turkiya davlatlariga maxsus idishlarga joylashtirilib jo’natilgan Oltiariq somsasi xaridorlarga ma'qul bo’ldi.


— Oltiariq somsasining mashhurligi siri juda oddiy - eng tansiq masalliqlar, keyin mehr, — deydi oltiariqlik somsapazlar sulolasining uchinchi avlodi Hasanboy Bo’tashev. — Bu hunar bobom va otamdan meros. Bolaligimdan ularning yonida ushbu kasbni o’rganib, o’n yildan buyon mustaqil ravishda ishlayapman. Bizda go’shtning eng sarasi ishlatiladi, xamirga alohida ishlov beriladi. Tumanda asosan parmuda somsa, o’rta va megasomsalar tayyorlanadi. Oltiariqda mashhur somsapazlar sulolalari juda ko’pchilikni tashkil etadi.

Mahoratli somsapazlar bir kunda besh tandirgacha somsa yopadi. Bitta tandirga o’rtacha 200 ta somsa sig’ishi inobatga olinsa, mazkur yegulikning xaridorlari juda ko’p ekanligini anglab olish mumkin.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat