Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DELEGATSIYA A'ZOLARI TASHRIFI

×

 2021-03-19 14:50:50    241

PDF yuklash
Chop etish


Xabaringiz bor, Farg’ona va Qirg’izistonning Norin viloyatlari rahbarlari uchrashuvi doirasida viloyatimizga tashrif buyurgan Qirg’izistonning Norin viloyati delegatsiyasi tuman va shaharlarda bo’lib, u yerlarda amalga oshirilayotgan islohotlarlar bilan tanishmoqdalar. 

Amaliy tashrif bilan Farg’ona viloyatida bo’lib turgan Qirg’izictonning Norin viloyati gubernatori Sobirqul Ashimbayev boshchiligidagi delegatsiya Oltiariq tumanidagi “Fayzli bog’lar sari” uzumchilik kooperatsiyasiga tashrif buyurishdi. 

Delegatsiya a'zolariga uzumchilik kooperatsiyasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi. Ta'kidlanganidek, uzumchilik kooperatsiyasining 6 gektarlik tokzori o’rnida ilgari paxtadan 20, g’alladan 25 tsentner hosil olinar edi. O’tgan yili bu yerda bog’ yaratilib, “xusayni”, “kelin barmoq”, “rizamat” navli uzum ko’chatlari ekilgan. Qator oralarida pomidor, bodring, ko’katlar, qalampir va boshqa sabzavotlar yetishtirilmoqda. Tomchilatib sug’orish tizimi joriy qilingan.

Eng muhimi, bu maydon 50 nafardan ortiq yoshlarga, jumladan, xorijdan qaytib kelgan mehnat muhojirlariga ajratib berilgan. Ular plyonka ostiga sabzavotlar ekib, to’rt martagacha hosil olishi mumkinligini aytishdi.

Shundan so’ng delegatsiya a'zolari Oltiariq tumani Chinortagi mahalla fuqarolar yig’inidagi G’ofurov Xusanboy xonadonida bo’lishib, u yerda saqlanayotgan uzumlarni ko’zdan kechirishdi. Mehmonlar saqlanayotgan uzumlardan tortib ko’rishib, dehqonlarning bunday mahoratini e'tirof etdilar.

Delegatsiya a'zolarining tashriflari davom etmoqda.


Oltiariq tumani hokimligi axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat