Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Mehnat qonunchiligida voyaga yetmagan shaxslarga belgilangan imtyozlar.

 2022-11-21 10:02:03    108

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida voyaga yetmagan shaxslar uchun bir qator imtiyozlar belgilangan. Hususan, voyaga yetmagan shaxs ishga qabul qilinganidan so‘ng ular katta yoshdagi xodimlar bilan teng huquqlarga ega bo‘ladilar. Faqatgina mehnatni muhofaza qilish, ish vaqti, ta’tillar va boshqa mehnat shartlari sohasida ularga qo‘shimcha imtiyozlar beriladi.

Masalan, ish vaqtiga to‘xtaladigan bo‘lsak, voyaga yetmaganlarga nisbatan qisqartirilgan ish vaqti qo‘llaniladi hamda 16 dan 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga ish vaqtining muddati haftasiga 36 soatdan, 15 dan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun esa haftasiga 24 soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.

Shunga qaramasdan, voyaga yetmagan shaxs yuqoridagi kundalik ish vaqti qisqartirilgan rejimda ishlashidan qat’iy nazar, ularning mehnatiga kundalik ish vaqti to‘liq bo‘lgan miqdorda haq to‘lanadi.

Agarda voyaga yetmagan shaxs o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ishlayotgan bo‘lsa, o‘quv yili davomidagi ish vaqtining muddati 16 dan 18 yoshdagilar uchun 18 soat hamda 15 dan16 yoshdagilar uchun 12 soatdan ortib ketishi mumkin emas. Bunda voyaga yetmagan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda yoki ishlab chiqargan mahsulotiga qarab belgilanadi.

Qonunchilikda 18 yoshga to‘lmagan shaxslarni soat 22:00 dan 06:00 ni tashkil etuvchi tungi ishlarga, mehnat shartnomasida belgilangan vaqtdan tashqari bo‘lgan ish vaqtidan tashqari ishlarga hamda dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etish taqiqlanadi.

Voyaga yetmagan shaxslarni qiziqtiradigan masalalardan yana biri – mehnat ta’tili bo‘lib, 18 yoshga to‘lmagan xodimlarga katta yoshdagi xodimlardan farqli o‘laroq kamida 30 kalendar kundan iborat yillik ta’til beriladi. Ular ushbu ta’tilni mehnat faoliyatining boshlanganiga 6 oy bo‘lmasidan oldin, shuningdek, yoz vaqtida yoki yilning o‘zlari uchun qulay bo‘lgan boshqa vaqtida foydalanishlari mumkin. Ta’lim muassasalarida ishlab o‘qiyotgan voyaga yetmaganlarga yillik ta’tillar ularning xohishiga ko‘ra imtihonlar va laboratoriya-imtihon sessiyalari vaqtiga ish beruvchi tomonidan to‘g‘rilab berishi shart.

Kirish imtihonlari topshirishga ruxsat etilgan voyaga yetmagan shaxslarga oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun o‘quv yurtlari joylashgan yerga borish va qaytib kelish vaqti hisobga olinmagan holda kamida 15 kalendar kun ish haqi saqlanmagan holda ta’til beriladi. Sirtdan ta’lim olayotgan xodimlarga esa imtihon sessiyasida qatnashishi uchun o‘quv yurti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi, diplom loyihasi tayyorlashi, yoqlashi yoki bitiruv imtihonlari topshirishi uchun yiliga 1 marta yo‘l kiraning 50 foizdan kam bo‘lmagan qiymatda haq to‘lab beriladi.

Mehnat qonunchiligida voyaga yetmagan shaxs bilan mehnat shartnomasi bekor qilishda ham alohida tartib belgilangan. Unga ko‘ra, 18 yoshga to‘lmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinganda tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlarining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Yuqoridagi qonun talablariga rioya etilishiga ish beruvchilar hamda ota-onalar tomonidan amal qilinishi majburiy hisoblanadi. Hattoki, ota-onalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘zlarining voyaga yetmagan bolalari mehnatidan foydalanishda bolaning sog‘lig‘i holati va kasallanishining oldini olishga javobgardir. Ya’ni ota-onalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘zlarining voyaga yetmagan bolalari mehnatidan yuqorida taqiqlangan ishlarni shuningdek, ta’lim olish jarayoniga to‘sqinlik qiladigan ishlarni bajarishga yo‘l qo‘ymaslikka majbur. Chunki har bir yosh avlod t’lim olishga haqli. Agar yuqoridagi holatlar bo‘yicha qonunbuzilish kelib chiqsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlari zarur.

 

 

Oltiariq tumani adliya bo’limi yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti

Ishmatov Oripjon Xashimovich