Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qonunchilikda maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilariga to’lovlar borasidagi imtiyozlar.

 2022-11-21 10:01:14    135

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 25-iyuldagi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 8-mh va 55-son qo’shma qarori bilan tasdqilangan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 23-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ro’yxat raqami 2821) «Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom»ga asosan tartibga solinadi.

Nizomga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi (maktab-internatlardagi) bolalar umumiy sonining 15 foizi doirasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar farzandlari to‘lovdan ozod qilinadi. Bunda, birinchi navbatda ota-onalaridan biri yoki ikkalasi I yoxud II guruh nogironligi bo‘lgan kam ta’minlangan oila farzandlariga, shuningdek, o‘rtacha oylik jami daromadi eng past darajada bo‘lgan kam ta’minlangan oila farzandlariga imtiyoz beriladi.

Boquvchisini yo‘qotgan ayollarning farzandlari ko‘rsatilgan kvotadan qat’i nazar to‘lovdan ozod qilinadi. To‘lovdan ozod qilinadigan bolalar ro‘yxati kam ta’minlangan oilalarning farzandlari uchun “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali berilgan oila kam ta’minlangan deb e’tirof etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, boquvchisini yo‘qotgan ayollarning farzandlari uchun boquvchisini yo‘qotgan ayol boquvchisining o‘lim haqidagi guvohnomasi, boquvchisining bedarak yo‘qolgan deb topish to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori, o‘lim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ma’lumotnoma, davlat xizmatlari markazi orqali berilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida o‘lim qayd etilganligi haqida ma’lumotnoma kabi tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lgan holda shakillantiriladi.

To‘lovdan ozod qilinadigan bolalar ro‘yxati har o‘quv yilining 25-sentabr kuniga qadar tegishli maktabgacha ta’lim tashkiloti (maktab-internati) rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Ro‘yxatga kirmay qolgan, shuningdek yil davomida aniqlangan kam ta’minlangan oilalar farzandlari hisobidan zaxira shakllantiriladi hamda to‘lovdan ozod qilingan bolalarning bog‘chaga qatnashi to‘xtatilishi natijasida bo‘shab qolgan o‘rinlar mazkur zahiradan to‘ldirib borilishi lozim.

 

 

Oltiariq tumani adliya bo’limi yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti

Parmonov Azizbek Qayumjon o’g’li.