Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“SAXOVAT VA KO’MAK” – IJTIMOIY HIMOYA DOLZARB MASALA!

×

 2022-07-28 16:37:52    136

PDF yuklash
Chop etish


Sir emaski, pandemiya sabab yurtimizda aholini qo’llab-quvvatlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar belgilanib, tibbiy, ijtimoiy himoya kuchaytirildi.


Karantin choralari ko’rilgan vaqtda bir qator yurtdoshlarimiz ish joylari, daromad manbalaridan mahrum bo’lib, bir muncha iqtisodiy qiyinchiliklar yuzaga keldi. Bu kabi muammolarga hamda kambag’allikka barham berish uchun Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 apreldagi farmoyishi bilan “Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshida “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi tashkil etilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko’p farzandli oilalar, nogironligi bor, doimiy ish joyini yo’qotgan shaxslarga pul mablag’lari, kundalik iste'mol tovarlari, dori vositalari va boshqa mahsulotlari bilan ta'minlash ko’zda tutilgan edi.

Hozirda ham “Mahallabay”, “xonadonbay”, “fuqarobay” ishlash orqali yordamga muhtoj oilalar o’rganilib, “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi ko’magida ehtiyojmandlarni ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish, uzoq vaqt davolanayotgan bemorlarga yordam ko’rsatish, ishsiz aholi bandligini ta'minlashga erishilmoqda.

2022 yil 1 yanvar holatiga “Saxovat va ko’mak” jamg’armalari hisob raqamida 48 mln. 231,6 ming so’m qoldiq mablag’lari mavjud bo’lib o’tgan olti oy davomida Oltiarik tumani “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzuridagi “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisob raqamlariga 492 mln. 730,1ming so’m mablag’ kelib tushdi.

Olti oy davomida Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengash qarorlari asosida qariyb 355 oilaga 318 mln. 080,0 ming so’m mablag’ sarf etildi.

Jumladan, mahallalarda tashkil etilgan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kirgan fuqarolarni moddiy va ma'naviy qo’llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratildi. O’tgan olti oy davomida “Temir daftar”ga kiritilgan 72 nafar fuqarolarni moddiy qo’llab-quvvatlashga

36 mln 880 ming so’m mablag’ yo’naltirildi.

“Saxovat va ko’mak” jamg’armasi mablag’lari “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlashda ham muhim moliyaviy manba bo’lib xizmat qilmoqda. Mazkur daftarga kirgan 11 nafardan ko’proq xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash uchun 54 mln 840 ming so’m mablag’ yo’naltirilgan.

Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, ko’p farzandli oilalarga, nogironligi bo’lgan shaxslarga va yolg’iz qariyalar kabi ehtiyojmand oilalarning 272 nafariga 226 mln 360 ming so’m mablag’ yo’naltirildi.

2022 yil 1 iyul holatiga “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisob raqamida 174 mln 650.1ming so’m pul mablag’lari mavjud.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Oltiariq tuman bo’limi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat