Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

INVESTITSIYAVIY NIZOLARNI SUDLARDA HAL QILISHDA - YANGI TARTIBLAR JORIY QILINDI

×

 2021-03-13 14:37:44    275

PDF yuklash
Chop etish



Davlatimiz rahbarining 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmonida fuqarolarning odil sudlovga bo’lgan huquqini amalda ta'minlash bilan bog’liq dolzarb muammolar, xususan sudlarda investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini o’z vaqtida va samarali himoya qilishga alohida e'tibor qaratilgan.

Farmonning ijrosini ta'minlash maqsadida 2021 yil 12 yanvarda “Sud qarorlarini qayta ko’rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qonun qabul qilindi.

Ushbu Qonun bilan Iqtisodiy protsessual kodeksiga iqtisodiyot sohasida investorlar hamda davlat organlari o’rtasidagi investitsiya shartnomalaridan kelib chiqadigan investitsiya faoliyati bilan bog’liq nizolar bo’yicha va raqobatga oid ishlarni taalluqliligi va tegishliligiga oid normalar kiritildi.

Xususan, yirik investor, raqobatga oid ishlar bo’yicha taraflarning xohishiga ko’ra, ushbu toifadagi ishlar Oliy sudning investitsiyaviy nizolarni hamda raqobatga oid ishlarni ko’rish bo’yicha sudlov tarkibi tomonidan ko’rilishi belgilandi va qolgan investitsiyaviy nizolar investorlarning xohishiga ko’ra, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudi tomonidan birinchi instantsiya sudi sifatida ko’rilishi mumkin.

Shu bilan birga, Iqtisodiy protsessual kodeksiga yangi 301-modda kiritilib, unda investitsiyaviy nizolar bo’yicha ishlar jumlasiga investitsiya shartnomalarini tuzish, o’zgartirish va bekor qilish bilan bog’liq nizolar, investitsiya shartnomalarini haqiqiy emas deb topish haqidagi nizolar, investitsiya shartnomasining bajarilishi bilan bog’liq nizolar, investitsiya shartnomasidan kelib chiqadigan soliq, bojxona, ijtimoiy, ekologik va boshqa majburiyatlarning investor tomonidan bajarilishi bilan bog’liq nizolar, investitsiya shartnomasi bo’yicha investorga berilgan mol-mulkni talab qilib olish yoki bunday shartnoma bo’yicha neustoyka undirish va (yoki) zararning o’rnini qoplash to’g’risidagi nizolar kirishi belgilandi.

Shuningdek, kodeksga yuridik shaxslar, shu jumladan, chet el yuridik shaxslari, xo’jalik boshqaruvi organlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda monopoliyaga qarshi organlar o’rtasida tovar va moliya bozorlarida raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar raqobatga oid ishlar jumlasiga kirishi haqidagi 302-modda ham kiritildi.

Prezidentimizning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomasi mazkur sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladigan tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi.

Murojaatnomada ta'kidlanganidek, muhim yangilik investorlar huquqlarini munosib himoya qilish maqsadida Oliy sudda investitsiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlarni ko’rish bo’yicha maxsus sudlov tarkibi tashkil etilganligi bo’ldi.

Oliy sudda investitsiyaviy nizolar bo’yicha maxsus sudlov tarkibining tashkil etilishi, ushbu toifadagi ishlar bo’yicha alohida sudlovlilik qoidalarining belgilanishi investorlarning nizolarni hal qilish uchun turli sud instantsiyalari o’rtasida sarson bo’lishining oldini oladi, ularning muammolari bitta sudda hal qilinishi ta'minlanadi.

Zero, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan ushbu islohotlarning asl mohiyati investitsiya muhitini yanada yaxshilash, iqtisodiyotni rivojlantirish hamda shu orqali xalq farovonligiga erishishdan iboratdir.

 

X.BOYNAZAROV

Marg’ilon tumanlararo iqtisodiy

sudining sudyasi

I.TURSUNOV

Farg’ona viloyat sudining iqtisodiy

ishlar bo’yicha sudlov hay'ati sudyasi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat