Ko’chma savdoni amalga oshirishga ruxsat berish
Xizmat haqida:
Ko’chma savdoni tashkil etish uchun ruxsatnoma berish
Xizmatning sohaga tegishliligi:
Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar
Xizmatdan foydalanuvchining toifasi:
Yuridik shaxslar
Tashkilot:
Farg'ona viloyati hokimligi
Bog`lanish:
Farg`ona viloyati hokimligi (0-373) 244-07-40
Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar:
Ko’chma savdoni tashkil etish uchun – ruxsatnoma olish uchun yuridik shaxs va yuridik shaxs bo’lmagan tadbirkorlik sub’eklari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar to’plami:
• Ko’chma savdoni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olishga ariza, asl bir nusxada
• Ko’chma savdoni amalga oshirish uchun qo’shimcha usullar, jixozlar turlari to’g’risida qo’shimcha ma’lumot.
• Ko’chma savdoni ob’ektini vaqtinchalik joylashish sxemasi
Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi:
-
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to’ldirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidaâ€Âgi PQ-1047-son Qarori
-
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O’zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlantirish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to’g’risidaâ€Âgi Qarori
-
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 26 noyabrdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarini ro’yxatdan o’tkazishni xamda ular tomonidan savdo faoliyatini amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risidaâ€Âgi Qarori
-
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 13 iyuldagi “Ko’chma savdoga ruxsat berish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida†gi 233-son qarori
Yuklab olish uchun manba:
Xizmat narxi va to`lash tartibi:
Ko’chma savdoni tashkil etish uchun – ruxsatnoma olish uchun to’lovlar mavjud emas (bepul).
Xizmatni ko`rsatish muddati:
7 ish kunigacha.
Natijani olish usullari:
Ko’chma savdoni tashkil etish uchun ruxsatnoma olish uchun yuridik shaxs –tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar to’plami shahar va tumanlarda tashkil etilgan “Yagona darcha†markazlari orqali qabul qilinib, shahar va tumanlar xokimliklari tomonidan xulosalar va qarorlar tayyorlanadi.
Xizmat natijasi:
Ko’chma savdoni tashkil etish uchun – ruxsatnoma.
Rad etish sabablari:
Tegishli hujjatlar taqdim etilmagan va qo’yilmagan talablarga javob bermagan hollarda, jumladan:
- Qayd etilgan bacha hujjatlar to’liq bo’lmaganda;
- Arizachi talab etilgan qonun-qoidalarga rozi bo’lmaganda;
- Talab etilgan formalar noto’g’ri to’ldirilganda.
Shikoyat arizasi berish tartibi:
Rad etish hollarida arizachi yuqori turuvchi tashkilotga qonunda ko'rsatilgan tartibda murojaat etishi mumkin.