Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 0 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Oltiariq tuman Kengashining sessiyasi boʼlib oʼtdi

×

 2020-02-15 17:51:39    156

PDF yuklash
Chop etish


2020 yil 14 fevral kuni Oltiariq tumani hokimligi binosida oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Oltiariq Kengashining ikkinchi sessiyasi boʼlib oʼtdi. Unga tuman hokimi X.Niyozov raislik qildi.

Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining oʼrinbosarlari, korxona, tashkilot va muassasalari rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar. 


Sessiya kotibi etib, 27-Аzimobod saylov okrugidan saylangan deputat А.Nabiev saylandi. 

Sessiya kun tartibiga toʼqqizta masala kiritildi.

1. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Oltiariq tumani xalq qabulxonasi mudiri J.Bozorovning axboroti.

2. Oltiariq tuman prokurori А.T.Yusupovning “Oltiariq tumanida qonuniylik va jinoyatchilik holati toʼgʼrisida”gi axboroti. 

3.Oltiariq tumani ichki ishlar boʼlimi boshligʼi R.Moʼsaevning tumanda jinoyatchilikni oldini olish hamda amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisida axboroti. 

4. Oltiariq tumani Аdliya boʼlimi boshligʼi O.Erkaboevning axboroti.

5. Oltiariq tumanidagi Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlarni murojaatini koʼrib chiqish qabulxonasi mudiri R.Teshaboevning axboroti.

6. Fuqarolik ishlari boʼyicha Rishton tumanlararo sudi raisining axboroti.

7.Rishton tumanlararo iqtisodiy sudi raisining axboroti.

8.Oltiariq tumani maʼmuriy sudi raisi I.Matmoʼsaevning axboroti.

9.Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi va doimiy komissiyalarini ish rejalarini tasdiqlash toʼgʼrisida. 

Sessiya davomida kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Oltiariq tumani xalq qabulxonasi mudiri J.Bozorovning, ikkinchi masala yuzasidan tuman Prokurori, Аdliya maslahatchisi А.Yusupovning, uchinchi masala yuzasidan tuman ichki ishlar boʼlimi boshligʼi R.Moʼsaevning, toʼrtinchi masala yuzasidan tuman adliya boʼlimi boshligʼi O.Erkaboevning, beshinchi masala yuzasidan Oltiariq tumanidagi Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlarni murojaatini koʼrib chiqish qabulxonasi mudiri R.Teshaboevning, oltinchi masala yuzasidan Rishton tumanlararo iqtisodiy sudining raisi S.Rustamovning, yettinchi masala yuzasidan Fuqarolik ishlari boʼyicha Rishton tumanlararo sudining raisi F.Xatamqulovning, sakkizinchi masala yuzasidan Maʼmuriy ishlar boʼyicha Oltiariq tuman sudining raisi I.Matmoʼsaevlarning axborotlari eshitildi. 
Shundan soʼng, kun tartibidagi navbatdagi masala koʼrib chiqildi. Unda Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining hamda doimiy komissiyalarining 2020 yilga moʼljallangan ish rejalari tasdiqlash masalasi koʼrib chiqilib, deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Shu bilan oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining ikkinchi sessiyasi oʼz ishini yakunladi.

Oltiariq tumani hokimligi Аxborot xizmati