Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Prokuror yoshlar bilan uchrashdi

×

 2020-01-23 15:47:09    337

PDF yuklash
Chop etish


Prokuror yoshlar bilan uchrashdi

Davlatimiz rahbari tomonidan barcha sohalar qatori yurtimizda yoshlarni har tomonlama yetuk va komil inson qilib tarbiyalash, ularning intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, iste’dod va salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada joylarda bevosita yoshlar bilan o‘tkazilayotgan muloqot va uchrashuvlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Barcha joylarda bo‘lgani kabi Oltiariq tumanida ham “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda umumta’lim maktablarining iqtidorli o‘quvchilari, yoshlar yetakchilari, turli tanlov va musobaqalar g‘oliblari, tumandagi tegishli tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdi.

Unda Farg‘ona viloyati prokurori U.B.Kosimov mamlakatimiz sud-huquq sohasi, xususan, prokuratura tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xususida to‘xtalib, yosh ishtirokchilarni prokuror lavozimining mas’uliyati, majburiyatlari va kasbning o‘ziga xos jihatlari bilan tanishtirib o‘tdi.

Erkin muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yosh avlod vakillari viloyat prokuroriga o‘z rejalari, maqsad va intilishlarini bayon etdilar. O‘z navbatida, viloyat prokurori bugungi kunda yoshlarning yanada faol, kelgusida mamlakat ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlari uchun hayotiy tajribadan kelib chiqib, o‘z taklif va maslahatlarini berdi.

Uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan 31 ta muammolar qisqa muddatlarda hal etilishi nazoratga olindi. Xususan, Oqbuyra kishlog‘ida istiqomat qiluvchi Ro‘zixon Ro‘zmatovaning tikuv mashinasi olish va Oq oltin mahallasi “Mustaqillik” ko‘chasida yashovchi Isroiljon Yakubovning nogironlik aravachasi olish haqidagi murojaatlari joyida ijobiy hal etildi. Uchrashuv yakunida tumandagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabida besh tashabbus ijrosi doirasida sport, raqs, rassomchilik yo‘nalishida musobaka tashkillandi. Musobaqa g‘oliblari viloyat prokuraturasi, viloyat IIB va viloyat DSB tomonidan munosib taqdirlandi. Shuningdek, sportning taekvondo turi bo‘yicha jahon chempioni F.Mamaziyaevning o‘qishi uchun kontrakt to‘lovi va boks bo‘yicha jahon chempioni N.Akramovga sport zali uchun zarur sport jihozlarini olib berilishi alohida nazoratga olindi.

Samimiy muloqot davomida bir qator yoshlar tomonidan ko‘tarib chiqilgan dolzarb va muhim masalalar o‘quvchi-yoshlarning huquqiy savodxonlikni oshirish, prokuratura sohasiga bo‘lgan qiziqishlari, qolaversa, yon-atrofda bo‘layotgan turli voqea va hodisalarga befarq emasliklarini ko‘rsatdi. Tumanda barcha darajadagi rahbarlarning yoshlar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.


Oltiariq tumani hokimligi axborot xizmati